16:45 / 23.06.2023
23352

Sobiq “Algoritm” zavodi sotildi

“Algoritm” zavodi bino va inshootlari 307 mlrd so‘mga sotildi. Xaridor – Strategic Development Team MChJ. Kompaniyaning yagona ta’sischisi Fatxulla Sadikov. U Havas supermarketlar tarmog‘ining ham 70 foiz ulushiga egalik qiladi.

E-auksion savdo platformasi orqali sobiq “Algoritm” zavodi bino va inshootlari (umumiy maydoni 16 gektar) Strategic Development Team MChJga 307 mlrd 602 mln so‘mga sotildi. Lot 292 mlrd 955 mln so‘m boshlang‘ich narx bilan sotuvga chiqarilgan.  

Korxona va tashkilotlarning yagona davlat reyestriga ko‘ra, xaridor Strategic Development Team MChJ 2018 yil 4 iyulda Toshkent shahrida ro‘yxatga olingan. Joriy ustav fondi – 7 mln so‘m. Faoliyat yo‘nalishi – tijorat faoliyati va boshqaruv masalalari bo‘yicha maslahat berish. Kompaniyaning yagona ta’sischisi – Sadikov Fatxulla Xayrullayevich, rahbari sifatida Tulaganov Sherzod Nigmanovich ko‘rsatilgan.

Ma’lumot uchun, Fatxulla Sadikov Havas supermarketlar tarmog‘ining 70 foiz ulushiga egalik qiladi. Shuningdek, "Adler group distribution", "Masshtab project", "Planet service plus", "Strategic development team", "Asvad-group", "Brand factory", "Division marketing agency", "Vedovec", "Gatter-group", "Servis-saida", "Kruiz" kabi kompaniyalarda ham ulushlarga ega.  

 

Mavzuga oid
Top