Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Dubaydagi yirik biznes vakillarini xususiylashtirish loyihalariga jalb qiladi
O‘zbekiston elchisi Abdulaziz Oqqulov Dubay savdo-sanoat palatasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Muhammad Lyuta bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va BAA ishbilarmon doira vakillari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, biznesmenlar manfaatlarini himoya qilish hamda qo‘shma iqtisodiy tadbirlarni birgalikda tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.
Dubay tomoniga "O‘zbekiston-2030" strategiyasida iqtisodiy sohani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha belgilangan muhim maqsadlar, davlat-xususiy sheriklik asosida taklif etilayotgan loyihalar haqida so‘zlab berildi. Xususiylashtirish va davlat-xususiy sheriklik loyihalariga Dubaydagi yirik biznes vakillari va xorijiy kompaniyalarni jalb qilish maqsadida maxsus taqdimot tadbirlarini hamkorlikda o‘tkazish taklif etildi.
Muhammad Lyuta tashkilotning bu borada to‘plagan tajribasidan kelib chiqib, hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi. U, shuningdek, O‘zbekiston-BAA ishbilarmonlari forumini o‘tkazish taklifini ilgari surdi.
Muloqot yakunida O‘zbekiston tomonidan taklif etilayotgan investitsiyaviy loyihalarni Dubay savdo-sanoat palatasi a’zolari o‘rtasida keng targ‘ib qilish to‘g‘risida kelishib olindi.
Mavzuga oid
20:15 / 19.06.2026
Kuba parlamenti 65 yil ichidagi eng yirik iqtisodiy xususiylashtirishni ma’qulladi
09:00 / 14.06.2026
“GAI”dan takliflar, renovatsiya qonuni va qaytarib olingan zavod – hafta dayjesti
12:35 / 04.06.2026
Mobiuz aloqa operatori 351 mln dollarga sotildi
17:27 / 02.06.2026