Air Products boşqaruvi raisi, prezidenti va boş direktori Seyfi Gasemi va Saneg asosçisi Baxtiyor Fozilov / Foto: Saneg matbuot xizmati

Saneg kompaniyasi Farğona neftni qayta işlaş zavodi aktivlarining bir qismi Air Products kompaniyasiga sotayotganini ma’lum qildi. Bitim qiymati – 140 million dollar.

Saneg bu zavodni 2 yil avval 380 mln dollar investitsiya kiritiş şarti bilan, 100 mln dollarga xususiylaştirib olgan edi.

Kompaniya axborotiga köra, aktivlarning bir qismi Air Products'ga ötişi bilan, zavodda vodorod işlab çiqariş yölga qöyiladi.

“Vodorod yetkazib beriş böyiça jahonning yetakçi Air Products kompaniyasi bugun Farğona NQIZda uşbu turdagi xomaşyoni işlab çiqariş böyiça Saneg aktivlarini sotib olişga qaror qilganini ma’lum qildi.

Uşbu strategik kelişuv korxonani modernizatsiya qilişning global jarayoniga muvofiq kelib, uning işlab çiqariş quvvatlarini kengaytiriş va maqbullaştirişda muhim qadam hisoblanadi. Ta’kidlaş joizki, loyiha Özbekistonning sanoat bozorlarida vodoroddan tijorat maqsadlarida kengroq foydalaniş uçun imkoniyat eşiklarini oçadi”, deyiladi xabarda.

Saneg axborotida FNQZning qança miqdordagi uluşi Air Products ixtiyoriga ötayotganiga aniqlik kiritilmagan. Bitim 2024 yil 4-çoragida yopilişi kutilmoqda.

Qayd etilişiça, oldi-sotdi metanni buğ bilan riforming qiliş qurilmasini (SMR) öz içiga oladi, qurilma 100 foizli tabiiy gazni ham, suyultirilgan gazni ham qayta işlaşga qodir. Bu aktivlar, Air Products tomonidan 2021 yildagi kelişuv asosida yetkazib berilgan ikkita özgaruvçan bosimli adsorbsiya qurilmalari (PSA) bilan birgalikda, vodorod işlab çiqariş bazasini ta’minlab beradi.

FNQZning xususiylaştirilişi

Saneg kompaniyasi (sobiq Jizzakh Petroleum, Sanoat energetika guruhi) Farğona neftni qayta işlaş zavodining uluşlariga 2 yildan buyon egalik qilib kelmoqda.