26 iyun – Xalqaro giyohvand moddalarga qarşi kuraş kuni. Şu munosabat bilan huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan muomaladan musodara qilingan giyohvandlik vositalarini yöq qiliş böyiça tadbir ötkazildi.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, 2022 yil davomida huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan 2 tonna 232,9 kg giyohvandlik moddalari musodara qilingan. “Özikkilamçiranglimetall” zavodida Davlat xavfsizlik xizmati taşabbusi bilan huquqni muhofaza qiluvçi organlar iştirokida giyohvand moddalar yoqib yuborildi.



DXX xodimi Mahliyo Valiqulovaning aytişiça, 2022 yil davomida DXX tomonidan 917 kg giyohvandlik moddalar musodara qilingan.
“Bugungi kunda sintetik narkotik moddalarning ommalaşuvi ham kuzatilyapti. Natijada 32,2 kg sintetik narkotik dori vositalari musodara qilindi”, - deydi u.
Ma’lum qilinişiça, 373 ming 550 dona kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga ham çek qöyilgan.
“Rossiya, Qozoğiston va Qirğiziston xavfsizlik organlari bilan hamkorlikda 9ta faol tadbir va maxsus operatsiyalar ötkazilib, 11 nafar narko-jinoyatçi uşlandi va 166.4 kg giyohvandlik vositalair musodara qilindi”, - deydi Valiqulova.

BMTning narkotiklar va jinoyatlar böyiça boşqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakili Aşita Mittal Özbekistonga sintetik narkotiklar kirib kelişi köpayayotganini ta’kidladi.
“Bugungi kunda Özbekistonda dori vositalari bozori ma’lum ma’noda özgarib, uni iste’mol qilişdan kelib çiqadigan muammolar ortib borayotganini körişimiz mumkin. Nafaqat opiy va geroin, balki metamfetamin kabi sintetik narkotiklar ham Özbekistonga yöl topmoqda.
Sintetik moddalar nafaqat köçada, balki internet orqali ham sotiladi. Şuning uçun kiberxavfsizlikni kuçaytiriş juda muhim. Özbekiston aholisi juda yoş, özbeklarning 60 foizga yaqinini 29 yoşgaça bölgan yoşlar taşkil qiladi. Biz ularni töğri tarbiyalaşimiz, sintetik giyohvand moddalarni iste’mol qilişning zararini tuşuntirişimiz kerak”, - deydi u.
BMT vakilining ta’kidlaşiça, agar yoşlar öqimişli bölsa va oqibatlarini tuşunsa, bunday moddalardan masofa saqlaş imkoniyati ortadi.
“Şuningdek, Özbekiston hukumatidan giyohvand moddalarning noqonuniy aylanişi oldini oliş va bu borada qöşni davlatlar bilan transçegaraviy hamkorlikni mustahkamlaş borasidagi muvozanatli yondaşuvidan juda mamnunman”, - deydi Aşita Mittal.


Davlat xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga köra, respublikaga afğon narkotiklari asosan, Tojikiston va Qirğiziston orqali janubiy-şarqdan – Samarqand va Sirdaryo viloyatlariga, şimoliy-şarqdan – Farğona vodiysi viloyatlariga va Toşkent viloyatiga hamda töğridan töğri Afğonistondan Amudaryo orqali Surxondaryo viloyatiga olib kiriş holatlari uçramoqda.
2022 yil davomida Özbekiston Respublikasi hududida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning noqonuniy muomalasi bilan boğliq jinoyatlar sodir etganligi uçun 96 ta holatlar böyiça xorijiy davlatlarning 99 nafar fuqarosi hibsga olingan. Jumladan, 12 nafar Afğoniston, 32 nafar Tojikiston, 25 nafar Qirğiziston, 14 nafar Qozoğiston, 8 nafar Rossiya, 5 nafar Turkiya, 1 nafar Fransiya, 1 nafar AQŞ va 1nafar Belarus fuqarolaridir.
Madina Oçilova tayyorladi.
Operator va montajçi - Javohir Ğayratov.











