Ukrainaga ochilgan keng qamrovli urushidan so‘ng Rossiya o‘ziga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar hajmi bo‘yicha jahonda yetakchiga aylandi, deb yozadi sanksiyalarni kuzatuvchi Amerikaning Castellum.AI texnologik kompaniyasi. Atlantic Council kompaniyasining 2023 yil aprel oyidagi ma’lumotlariga ko‘ra, G‘arb davlatlari Rossiya va uning fuqarolariga nisbatan 12 mingdan ortiq cheklovlar o‘rnatgan.

Rossiyada insonlar ham (asosan agressiya ishtirokchilari hisoblanuvchi mansabdorlar va biznesmenlar), shuningdek, iqtisodiyotning butun bir sohalari va kompaniyalar sanksiyalar ostiga tushgan. Ular orasida eng bilinarlilari — Rossiya neftiga embargo va yuqori narx chegarasi joriy etilishi; RF Markaziy bankining xalqaro aktivlari urush tugaganidan so‘ng «Ukrainaga kompensatsiya to‘lash kafolati» sifatida muzlatilgani; Rossiya banklarining SWIFT tarmog‘idan uzilgani; Rossiyadan aviaqatnovlar uchun Yevropa Ittifoqi havo bo‘shliqlari yopilishi bo‘ldi. 

Eng dastlabki cheklovlar joriy etilganidan so‘ng rossiyalik ekspertlar 90-yillar krizisi kabi iqtisodiyot tanazzulga yuz tutishini taxmin qilishgandi. Lekin unday bo‘lib chiqmadi. Rossiya chinovniklariga ko‘ra, g‘alla va uglevodorodlar sotuvidan tushum qaytaga barcha rekordlarni yangilagan, RF bosh vaziri Mixail Mishustin iqtisodiyot «ishonch bilan qayta tiklanayotgani»ni aytgan. G‘arb davlatlari esa ayrim sanksiyalarni bekor qilishga majbur bo‘lmoqda.

Nahotki, iqtisodiy jihatdan ihotalash, rossiyalik ishlab chiqaruvchilarni boykot qilish, personal va korporativ sanksiyalar ish bermagan bo‘lsa?

Bu maqolada sanksiyalarning Rossiya iqtisodiyotiga ta’siri haqida batafsil hikoya qilinmaydi. Lekin iqtisodiy cheklovlar tobora siyosiy mexanizmga aylanib borayotgani, sanksiyalar bo‘lmasa o‘rniga nima qo‘llash mumkinligi haqida aytiladi.

Sanksiyalarni kim o‘ylab topgan?

Eramizdan oldingi V asrda qadimgi yunonlar.

Afina rahbari Periklning olomon qarshisida chiqish qilishi