Prezident yordamçisi Saida Mirziyoyevaning Moskvaga taşrif yakunida Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mişustin bilan uçraşuvi bölib ötdi.
Uçraşuvda hamkorlikning asosiy yönalişlari muhokama qilindi, bunda savdo, investitsiyalar, mehnat migratsiyasi va yuqori malakali kadrlar tayyorlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tovar ayirboşlaş hajmi ortib borayotgani, qöşma loyihalar, eng avvalo, sanoat va energetika sohalarida faol ilgari surilayotgani alohida ta’kidlandi. Migratsiya tartib-taomillarini tezlaştiriş çora-tadbirlari va patentlarni rasmiylaştiriş bosqiçlarining bir qismini Özbekiston hududiga köçiriş imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uçraşuvda mintaqalararo hamkorlik va yangi ta’lim taşabbuslarini amalga oşiriş, jumladan, oliy öquv yurtlarining yangi filiallarini oçiş va MISiS muhandislik maktabini işga tuşiriş muhimligi qayd etildi. Özaro işonç va oçiqlik ruhida ötgan suhbat hamkorlikda amaliy natijalarga erişişga tomonlarning intilişi qat’iy ekanligini tasdiqladi.

«Körsatilgan mehmondöstlik uçun Rossiya tomoniga samimiy minnatdorlik bildiraman», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva özining Telegram kanaliga.
Avvalroq Saida Mirziyoyeva Moskvada Rossiya prezidenti administratsiyasi rasmiylari bilan uçraşgani töğrisida xabar berilgandi.













