Madridning «Real» klubi Habi Alonso bilan kelişuvni rasman e’lon qildi. Ispaniyalik murabbiy 2028 yilgaça jamoani boşqaradi va iyun oyida boşlanadigan klublar örtasidagi jahon çempionatidayoq murabbiy sifatida rasman işga kirişadi.

 Iqtiboslar 

«...Men uyga qaytdim. Bu klub bilan riştalar heç qaçon uzilmagan, Valdebebasga qaytişim bilan tuyğular jonlandi»

«...Men bu yerga öz talablarim bilan emas, jamoa bölib birga işlaş uçun keldim»

«...Istaymanki, odamlar bizning öyinimizga qarab, mana bu haqiqiy jamoa, deyişsin va zavq oliş umidida stadionga oşiqişsin» (Habi Alonso)

«Sen 2018 yilda „Real“ning yoşlar tarkibini boşqarib yurgan paytingdayoq qayerga bölişingni bilardik. Şu yerda. Bu sening taqdiring» (Florentino Peres)

Muqarrar voqea

Habi Alonso va «Real» yana topişişi vaqt masalasidek tuyulgandi va şunday böldi ham. Uning «Real» bilan umumiy ötmişi borligi har ikki tomon uçun masofani yaqinlaştirgani tabiiy – Habi «Bayyer» bilan kelişuvlarda agar özi öynagan klublardan taklif çiqsa, xayrixohlik qilinişini şart qilib qöygan bölsa, Florentino Peresning sözlarini yuqorida öqidingiz.

Peres 2018-19 yillar haqida gapirgan bölsa, orada ötgan mana şu olti yil içida «Real» ham, Alonso ham bu uçraşuv uçun kerakli qadamlarni taşladi, deyiş mumkin. Habi Alonso Madriddan ketgaç, uç yil «Sosiyedad»ning yoşlar jamoasini boşqargan bölsa, 2022 yilda mavsum yarmida jar yoqasida turgan «Bayyer» boşqaruvini oldi. Qisqa vaqt içida u leverkuzenliklarni avval peşqadamlardan biriga, keyin esa Bundesliga çempioniga aylantirdi. Aynan öşa çempionlik, ya’ni ötgan mavsumdan boşlab murabbiy Alonso haqida eng yuqori doiralarda gaplaşa boşlaşdi. «Liverpul», «Bavariya», «Real» va yana bir qator top-klublar Alonsoni taklif qiliş uçun navbatga turdi. Mana şu Alonsoning «Real» tomon taşlagan qadamlari edi, zero futbolda şunaqa, eng zör böldingizmi, sizni «Real» kutadi. Qisqasi, «Bayyer»da muvaffaqiyat qozonayotgan Habi Alonso «Real» uçun göyoki Çexov hikoyalaridagi devorda osiğliq turgan miltiq edi va bu qaçon otilişini, ya’ni murabbiy qaçon Madridda paydo bölişini kutiş qolgandi, xolos.

«Real» esa öz navbatida tizimli futbolga qarşi kuraşib çarçadi. Boşqa top-klublar turli taktikalar, tizimlar ustida boş qotirayotgan bir paytda «Real» eng sodda yöl bilan yil sayin eng muvaffaqiyatli klub sifatida namoyon bölar, bu ham Madrid uçun qöşimça unikallik yaratardi. Lekin sönggi mavsum bu qaraş ham doim natija bermasligi körinib qoldi. «Real» şu paytgaça individual mahoratga, şuningdek ulardan hosil bölgan Kroos – Modriç, Vinisius – Mbappe kabi boğlamlarga tayangan bölsa, yildan yilga ketganlarni almaştiriş qiyinlaşib ketmoqda. Çunki Modriç ham, Kroos yoki Benzema ham öziga yaraşa unikal, ularning ketişi tabiiy ravişda jamoa öyinidan nimanidir yulib ketadi. Doim izlanişda böliş, individual yulduzlarning örnini bosişga uriniş ham qimmat, ham doim ham öxşamaydi. Öz-özidan Florentino Peres soat kabi işlaydigan va arzimas tuzatişlar bilan uzoq yillarga yaraşi mumkin bölgan tizimli jamoaga ehtiyoj seza boşladi.