21:41 / 18.07.2023
12052

Turkiy davlatlar tashkilotiga Tojikiston va Mo‘g‘uliston ham taklif qilinishi mumkin

O‘z nizomiga ko‘ra tashkilot aholisi turkiy tillarda so‘zlashuvchi davlatlarni birlashtirishni nazarda tutgan bo‘lsa-da, TDTga sekin-asta bu mezonga to‘g‘ri kelmaydigan davlatlarni ham taklif etish mavzusi ko‘tarilmoqda. Bu tarzda kengayish tashkilotning imkoniyatlariga ta’sir qiladi va uning xalqaro maydonda pozitsiyasi kuchayishiga olib keladi.

Foto: kapital.kz

Turkiya Tashqi siyosat instituti direktori Hussayn Bog‘chi 13 iyul kuni Xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha Markaziy Osiyo forumida so‘zga chiqdi. «Tojikiston va Mo‘g‘iliston Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo bo‘lishi kerak. Tashkilotning maydonlarida mamlakatlar iqlim, aholi va boshqa sohalarga doir muammolarni birgalikda hal qilishadi», - deya uning so‘zlarini keltiradi Titus.kz.

«Turkiya tashabbusi bilan tuzilgan TDT — bu nafaqat madaniy va iqtisodiy hamkorlik degani. Qozog‘iston mana, bu yo‘lga endi-endi kirishmoqda. Mo‘g‘uliston va Tojikiston ham TDTning bir qismi bo‘lishi kerak.

Chunki tarixiy o‘xshashlik, umumiylik bor. Markaziy Osiyoda iqlim va aholi bilan bog‘liq muammolar vujudga keladi. Boshqa tahdidlar ham bor. Biz bu muammolarni hal etish mexanizmlarini o‘ylab chiqishimiz kerak», — degan Bog‘chi.

Ekspertlar TDT Tojikiston bilan yaqinlashayotgani belgisi sifatida Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning joriy yil aprel oyida Tojikistonga qilgan tashrifini ham ko‘rsatishmoqda. Aliyev o‘shanda fors tilli Tojikistonni iqtisodiy va transport loyihalari orqali TDTga jalb qilish uchun zamin hozirlagan.

Top