O‘qishni ko‘chirish uchun qaysi davlatda o‘qiyotgan talabalar eng ko‘p ariza topshirgani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekistonda o‘qishni ko‘chirish uchun qaysi davlatda o‘qiyotgan talabalar eng ko‘p ariza topshirgani to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Xorijiy va xususiy OTMlarda o‘qiyotgan talabalar davlat OTMga o‘qishini ko‘chirish uchun my.uzbmb.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Hozirgacha 3,7 ming talaba onlayn ro‘yxatdan o‘tgan.
O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli 5 avgustgacha davom etadi. Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlar ariza berishi mumkin.
Eng ko‘p ariza topshirgan davlat talabalari
- O‘zbekiston — 1 961 nafar (52,15 foiz);
- Qirg‘iziston — 945 nafar (25,13 foiz);
- Rossiya — 376 nafar (10 foiz);
- Tojikiston — 246 nafar (6,54 foiz);
- Qozog‘iston — 164 nafar (4,36 foiz);
- qolgan davlatlar — 68 nafar (1,81 foiz).
«Perevod» uchun bir yil oldingi kirish imtihonlari asos qilib olingan holda o‘tish ballari belgilanadi. Test imtihonini Bilimlarni baholash agentligi o‘tkazadi.
Mavzuga oid
15:10 / 19.11.2024
Ayrim bitiruvchilarga o‘qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi
12:52 / 07.11.2024
O‘qish maqsadida chet elga ketgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum qilindi
10:44 / 28.09.2024
2024 yilda xorijga o‘qish uchun borgan O‘zbekiston fuqarolari soni ma’lum qilindi
10:08 / 15.07.2024