Xorijiy va nodavlat OTMdan öqişni köçiriş böyiça arizalarni qabul qiliş boşlandi.

Talabalar öqişini quyidagi oliy ta’lim taşkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdoş ta’lim yönalişlariga köçiriş böyiça arizalarni onlayn qabul qiliş boşlandi:

  • xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim taşkilotlaridan (jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinçi 1 000 ta örindan birini egallagan);
  • Özbekistondagi nodavlat oliy ta’lim taşkilotlaridan;
  • xorijiy oliy ta’lim taşkilotlarining Özbekistondagi filiallaridan.

Xorijiy davlatlardan öqişni köçiriş böyiça arizalarni qabul qiliş 15 iyuldan 5 avgustga qadar my.uzbmb.uz saytining «Öqişni köçiriş (xorijiy va nodavlat)» bölimi orqali amalga oşiriladi.

Bunda, talabalar öqişini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim taşkilotlaridan davlat OTMning mos va turdoş bölmagan ta’lim yönalişlariga köçirişga ruxsat etilmaydi.

Özbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalararo öqişni köçiriş böyiça arizalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining transfer.edu.uz orqali qabul qilinadi.