“Öquvçi-yoşlarni çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorlaş tizimini yangi bosqiçga olib çiqiş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan har bir tuman (şahar)da bitta umumiy örta ta’lim maktabi negizida “Jasorat maktabi” faoliyati yölga qöyiladi.
“Jasorat maktablari"da:
- matematika, ÇQBT, tarix, jismoniy tarbiya, çet tili, fizika fanlari çuqurlaştirilgan holda öqitiladi;
- öqiş uçun öquvçilarni saralaş 5-sinfdan boşlab amalga oşiriladi;
- robototexnika, kelajak öyinlari, tibbiy tayyorgarlik, huquqiy savodxonlik, milliy sport öyinlari kabi tögarak maşğulotlari ötkaziladi;
- öquv yili davomida ikki marta harbiy poligonlarda, har çorakda bir marta harbiy qismlarda amaliy maşğulotlar olib boriladi.
2026-2027 öquv yilidan boşlab “Jasorat maktabi”ni a’lo baholar bilan tamomlagan “Vatan tayançi” otryadining a’zosi bölgan bir nafar öquvçiga oliy harbiy va harbiylaştirilgan hamda yuridik ta’lim muassasalariga öqişga kiriş uçun imtiyozli tavsiyanoma beriladi.
Ta’lim taşkilotlarida yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşda “Turon” maktab teatri tanlovi ötkazib boriladi.















