Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliya Rossiyaga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar kiritdi
Avstraliya Rossiyaning mudofaa, texnologiya va energetika sohalaridagi 35ta tashkilotga, shuningdek, Rossiya va Belarusdan 10 nafar shaxsga nisbatan sanksiyalar joriy qildi, deb xabar berdi Avstraliya Tashqi ishlar vazirligi.
Foto: AA
«Joriy etilgan sanksiyalar Rossiya uchun iqtisodiy va strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarga qarshi qaratilgan», — deyiladi idora saytida e’lon qilingan bayonotda.
Aniqlik kiritilishicha, sanksiyalar ro‘yxatiga Rossiya qurolli kuchlariga ilg‘or texnologiyalar, elektronika va jihozlar yetkazib beruvchi, atom energiyasi va Arktikada resurslar qazib olish bilan shug‘ullanuvchi rossiyalik kompaniyalar kiradi.
Bundan tashqari, Rossiyaning eng yirik mudofaa korxonalari, jumladan, harbiy vertolyotlar ishlab chiqaruvchi «Vertolety Rossii» va uning bosh direktori Nikolay Kolesov ham cheklovlarga duchor bo‘ldi.
Jismoniy shaxslar orasida, jumladan, bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Andrey Belousov va bosh vazir o‘rinbosari Dmitriy Chernishenkoga nisbatan sanksiyalar qo‘llangan.
Qora ro‘yxatda «yuqori martabali Belarus harbiy amaldorlari» ham tilga olingan.
Mavzuga oid
10:29 / 05.02.2026
Germaniya Avstraliya bilan nodir yer metallari bo‘yicha hamkorlikni kengaytiradi
22:14 / 25.01.2026
Avstraliyada kengurular velopoyganing “beliga tepishdi”
18:50 / 20.01.2026
Avstraliyada akulalar hujumidan keyin o‘nlab plyaj yopildi
18:18 / 13.01.2026