Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyaning yangi elchisi: Hamkorligimizni rivojlantirish mumkin bo‘lgan sohalar ko‘p
Timoti Smart diplomatik xizmatdan ketayotgan Timoti Torlou o‘rniga Buyuk Britaniyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi etib tayinlandi. Smart O‘zbekistondagi faoliyatini avgust oyi boshida boshlaydi.
“Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi bo‘lib tayinlanish men uchun katta sharaf. Mamlakatlarimiz hamkorligini rivojlantirish mumkin bo‘lgan ko‘p sohalar bor. O‘zbekiston tarixi, boy madaniyati va mehmondo‘stligi bilan yaqindan tanishish imkoniyati paydo bo‘lganidan katta hayajondaman. Men O‘zbekiston hukumati va xalqi bilan hamkorlikda ishlashni intizorlik bilan kutmoqdaman”, – deya yangi elchining so‘zlarini keltirdi Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi.
Timoti Smart Buyuk Britaniyaning Tashqi ishlar, hamdo‘stlik va taraqqiyot vazirligidagi faoliyatini 1999 yilda boshlagan. U Isroil, Iroq, Solomon orollari, Fijida diplomat sifatida, Madagaskarda esa 2012-2017 yillarda elchi bo‘lib ishlagan.
U, shuningdek, vazirlikning Yevropa Ittifoqi, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bo‘limi, Strategik kommunikatsiyalar bo‘limi va Sharqiy O‘rta yer dengizi bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, 2019-2023 yillarda Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi sifatida Timoti Torlou ishlagan edi.
Mavzuga oid
10:58 / 26.01.2026
Britaniyada “FTBga o‘xshash” politsiya xizmati paydo bo‘ladi
09:58 / 24.01.2026
Starmer: Trampning Afg‘onistondagi NATO missiyasi haqidagi so‘zlari haqoratli
09:41 / 20.01.2026
London bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash imkonini ko‘rib chiqmoqda
13:37 / 14.01.2026