O‘zbekiston va Dubay odam savdosi qurboni bo‘lgan ayollar himoyasi bo‘yicha memorandum imzolaydi
O‘zbekiston Bosh konsulligi diplomatlari «Dubay ayollar va bolalarni himoya qilish jamg‘armasi» boshqarma boshlig‘i Fatma Al Baaj Almoatasem Belah bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Tomonlar, odam savdosiga oid muammolar, ularning kelib chiqishi sabablari, bartaraf etish yo‘llari, ushbu illatdan jabr ko‘rganlarga zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish, aybdorlarga nisbatan esa qonuniy chora ko‘rish amaliyotlari bilan bog‘liq bir qator dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdi.
Fatma Al Baaj Almoatasem Belah, o‘z navbatida, dunyo bo‘ylab olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari, amaliy tadbirlarga qaramay, hozirgi kunga qadar ko‘plab odamlar «zamonaviy qullik» - odam savdosi qurboniga aylanib qolayotganini ta’kidladi.
«Odam savdosidan jabr ko‘rayotganlar orasida ayollar soni ortib borayotgani hamda transmilliy jinoyatchilik chegara tanlamasligi inobatga olinib, yuqoridagi muammolarni hal qilishda xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish muhim», - dedi Fatma Al Baaj Almoatasem Belah.
Bo‘lib o‘tgan suhbat yakunida O‘zbekiston Bosh konsulligi va «Dubay ayollar va bolalarni himoya qilish jamg‘armasi» o‘rtasida odam savdosi qurboni bo‘lgan ayollar hamda undan jabr ko‘rganlarni himoya qilish maqsadida ikki tomonlama Hamkorlik memorandumini ishlab chiqish va imzolash to‘g‘risida kelishib olindi.
Mavzuga oid
13:50 / 13.09.2024
Dubaydan Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan aviareys majburan bekor qilindi
19:31 / 07.09.2024
Dubayda dunyodagi ikkinchi eng baland osmono‘par bino qurilmoqda
11:47 / 29.08.2024
O‘zbekiston Dubaydagi yirik biznes vakillarini xususiylashtirish loyihalariga jalb qiladi
08:30 / 16.08.2024