Yildan yilga dunyodagi mega boylarning soni shiddat bilan oshib boryapti. Sun’iy intellekt, biotexnologiya, kriptovalutalar va boshqa yuqori texnologik sohalar yangi boylik manbalarini yaratyapti. Forbes’ning 2025 yilgi dunyo milliarderlari ro‘yxatiga 3028 nafar tadbirkor, sarmoyador va merosxo‘r kiritilgan. Bu rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Milliarderlar soni 2024 yilga nisbatan 247 nafarga ko‘paygan va ularning umumiy boyligi 16,1 trillion dollarga yetgan. 

Milliarderlar asosan qaysi shaharda yashaydi?

Eng ko‘p milliarderlar yashaydigan shaharlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni Nyu York egalladi. AQShning eng yirik shahrida 123 nafar milliarder istiqomat qiladi, ularning umumiy boyligi 759 milliard dollarga baholangan.

Nyu York 2014 yildan keyin ketma-ket 7 yil davomida milliarderlarning asosiy markazi bo‘lib keldi. 2021 yilda Pekin peshqadamlikni qo‘lga kiritgandi. Ammo Xitoy yetakchiligi uzoqqa cho‘zilmadi. 2022 yilda Nyu York peshqadamlikni qaytarib oladi va uni ushlab turibdi.

Nyu York

Moskva ikkinchi o‘rinni egallagan. Rossiya poytaxtida 90 nafar milliarder yashaydi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 16 nafarga ko‘p. Ularning umumiy boyligi 409 milliard dollarga baholangan. Uchinchi pog‘onada Hongkong joylashgan. Ushbu shaharda istiqomat qiladigan mega boylarning soni 72 nafarni tashkil etadi.

Moskva

Shuningdek, London, Pekin, Mumbay, Singapur, San-Fransisko, Shanxay, Los-Anjyeles kabi megapolislar ham milliarderlar uchun asosiy yashash maskanlari hisoblanadi. Umuman olganda, mega boylar dunyoning 800 ga yaqin shahrida istiqomat qiladi. Yuqorida nomlari tilga olingan 10 ta shaharni ularning chorak qismi o‘z uyiga aylantirgan.

Dubay – eng jozibador shahar

Savills xalqaro ko‘chmas mulk kompaniyasi tomonidan tuzilgan megapolislar orasida badavlat shaxslar uchun eng jozibador shaharlar ro‘yxatida Dubay birinchi o‘rinni egallagan