Ukrainaning O‘zbekistondagi elchixonasi murojaat bilan chiqib, Rossiyaning ushbu davlatga qarshi urushida qatnashmaslikka va Ukrainaning vaqtincha bosib olingan hududlariga bormaslikka chaqirdi.
Diplomatik vakolatxona murojaatida ta’kidlanishicha, Ukrainaning vaqtincha bosib olingan hududlarida olib borilayotgan jangovar harakatlar paytida Rossiya armiyasi urushda qatnashish uchun xorijiy fuqarolarni jalb qilishga urinmoqda.
«Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, vaqtincha bosib olingan Donetsk viloyati Gorlovka shahrida joylashgan Rossiya kuchlarining bo‘linmalarida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari borligi aniqlangan.
Ushbu shaxslar Ukraina davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tib, Rossiya Federatsiyasi tomonidan vaqtincha bosib olingan Ukraina hududiga qurilish ishlarini olib borish uchun kelgan. Mariupol (Ukraina) shahriga yetib kelganidan so‘ng, ularning pasportlari olib qo‘yilgan va bu fuqarolar Rossiya Federatsiyasi kuchlari safiga ko‘ngilli sifatida safarbar qilingan», deyiladi elchixona xabarida.
Shuningdek, elchixona Ukrainaga qarshi qurolli tajovuzda qatnashgan chet el fuqarolari mamlakat milliy qonunchiligi va xalqaro huquq normalariga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilishini eslatib o‘tdi.
Biroz avvalroq, Rossiyaning Volgograd shahrida o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarini «maxsus harbiy amaliyot»ga chaqirish boshlangani haqida xabar paydo bo‘lgandi. Mahalliy aholi vakillari jamoat transporti salonlarida shunday chaqiriqlar aks etgan plakatlarga guvoh bo‘lishgan.
«Bu avtobuslarda xorijliklar yurishadi. Bu reklama ular uchun. Reklamani biz joylashtirdik va o‘zbek tilidan boshlashga qaror qildik. Kelgusida biz bu tashviqotni boshqa tillarda ham olib boramiz: tojik, qozoq va hokazo. Bunday e’lonlarni avtobuslardan boshqa joylarda ham joylashtirish haqida hozircha buyruq bo‘lmadi», – degan saralash punkti xodimi mahalliy nashrlardan biriga bergan izohida.
Mart oyida O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanida yashovchi, Rossiyada qamoq muddatini o‘tagan fuqaro Ukrainada halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi. U Ukrainaga qurilish ishlari uchun jo‘natilgan va u turgan joyga snaryad kelib tushgani ma’lum










