Marhumning onasi erkakning ismi Faxriddin ekanini aytdi. Otasi oilani tark etgani sababli u yoşligidan işlay boşlagan. Köp yillar oldin döstlarining taklifiga köra Moskvaga işlaş uçun ketgan. 2008 yilda uylangan, bir qizi bölgan. Faxriddin qizi bir yoşga tölganida uni buvisi qaramoğiga taşlab, rafiqasi bilan birga Rossiyaga işlaşga ketgan.

Keyinroq Faxriddinning buyragi xastaligi tufayli ular vatanga qaytişgan. 2019 yilda u yana Moskvaga ketgan. Onasining sözlariga köra, vaqti-vaqti bilan uyni ta’mirlaş uçun pul jönatib turgan.

Öşa yilning dekabr oyida boşqa davlatdan kelgan işçilar bilan mojaro tufayli Faxriddin beş yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. U yaqinlariga qönğiroq qilib turgan, lekin ötgan yilning oxirida aloqa uzilgan. Yanvar oyida yaqinlariga Faxriddin vafot etgani haqida xabar berişgan.

Rossiyada eri bilan işlaydigan singlisi Faxriddin Ukrainaga ketişi haqida xabar berganini aytgan. U bir-ikki oy şartnoma asosida işlaşini aytib, bu haqda onasiga bildirmaslikni söragan. Mart oyida u Özbekistonga qaytmoqçi bölgan. U Ukrainaga öz ixtiyori bilan yuborilganmi yoki bosim ostidami, yaqinlari buni bilmaydi.

Faxriddinning tanişlari aytişiça, u işlayotgan joyga snaryad kelib tuşgan. Ukasining aytişiça, jasad qattiq şikastlangan, uni tanib bölmagan. U akasini faqat boşining orqa qismidagi çandiqdan tanib olgan.

DXX çet el davlatlari harbiy xizmatiga yollaniş qonunan taqiqlanişi va  Özbekiston Respublikasi  Jinoyat kodeksining 154-moddasiga köra javobgarlikka tortişga asos bölişi haqida eslatib ötgan.