Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«PSJ» Mbappe uchun «Real»dan rekord narx so‘ramoqda
«PSJ» Kilian Mbappe transferi uchun qancha mablag‘ so‘rayotgani ma’lum bo‘ldi.
Foto: Getty Images
Marca xabariga ko‘ra, fransiyalik futbolchining onasi va agenti sanalmish Fayza Lamari «Real» rahbariyatini Parij klubi Mbappega 250 million yevro narx qo‘ygani haqida xabardor qilgan. Madridliklar narxni pasaytarish bo‘yicha kelishuvga erishmoqchi.
«PSJ» «Al-Hilol»ning 300 million yevrolik taklifini ko‘rib chiqmoqchi bo‘lgan, ammo Mbappe Saudiya Arabistoni klubi taklifini keskin rad etgach, muzokara boshlanmagan. Parij klubi Kilianga bosim o‘tkazish uchun uni Yaponiyadagi turnega olib bormagani hech qanday natija bermayotganini tushunmoqda. Shunga qaramay, klub Mbappeni mavsum startiga qadar sotishga umid qilmoqda.
Avvalroq, «PSJ» Mbappeni sotishi yoki u kelishuvni uzaytirishi shartligi haqida xabar qilingandi. Aks holda fransiyalik forvard mavsumni zaxirada o‘tkazishi mumkinligi ma’lum qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, Neymarning 2017 yil «Barselona»dan 222 mln yevroga «PSJ»ga o‘tishi rekord transfer sanaladi.
Mavzuga oid
18:01 / 08.05.2026
«Real»da xaos. Valverde va Chuameni mushtlashib ketdi
07:03 / 07.05.2026
«PSJ» qatorasiga ikkinchi yil finalga chiqdi
20:19 / 06.05.2026
Mbappe – mojaro markazida. U klasikoga tayyorlanish o‘rniga ta’tilga ketdi va jamoadoshlarini g‘azablantirdi
21:10 / 05.05.2026