Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poytaxt tadbirkorlari uchun davlat bilan sheriklikning yangi qoidalari o‘rnatilmoqda
Prezident tomonidan “Toshkent shahrida davlat va tadbirkorlik sub’yektlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va shahar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha huquqiy eksperimentni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror imzolandi.
2023 yil 1 oktyabrdan:
davlat idoralarining munitsipal mulki haqidagi ma’lumotlar “Raqamli Toshkent” dasturiga kiritiladi;
poytaxtda ayrim obektlar negizida “Toshkent invest kompaniyasi” AJ tomonidan qiymati 1 mln AQSh dollarigacha bo‘lgan DXSh loyihalarini amalga oshirishning quyidagi soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi:
DXSh loyihasining konsepsiyasi va loyihani baholash hujjatini ishlab chiqish o‘rniga loyihani amalga oshirish shartlarini belgilash orqali DXS loyihasini amalga oshirishga ruxsat etiladi;
DXSh loyihasi bo‘yicha bitim “E-auksion”da o‘tkaziladigan auksion savdolari bo‘yicha beriladi. Bunda huquqning boshlang‘ich qiymati shahar hokimligi tomonidan belgilanadi va tushgan mablag‘lar shaharni rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
Kompaniyaga ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha obekt (mahsulot)ni barpo etish (ishlab chiqish)dan boshlab foydalanishga topshirish va kelgusida ekspluatatsiya qilish (qo‘llab-quvvatlash)gacha bo‘lgan barcha jarayonlardagi ishlarni davlat xaridlari doirasida “hayotiy davr shartnomasi” asosida bitta tadbirkor bilan hamkorlikda amalga oshirishga ruxsat etiladi.
Shuningdek, yer uchastkalarini qurilish uchun tegishli ruxsat berish va loyiha hujjatlari rasmiylashtirilgan holda tayyor biznes shaklida auksionga chiqarish tartibi joriy etilmoqda.
2024 yil 1 yanvardan:
yangi obektlarni loyihalashtirishda ularning qavatlari sonining mazkur hududning bosh rejasida (batafsil rejalashtirish loyihasida, master rejada yoki qurish loyihasida) belgilangan parametrlardan (qavatlar sonidan) 1,5 baravargacha oshirishga ruxsat etish tartibi joriy etiladi.
oqar suv, jumladan texnik suvdan to‘lov asosida foydalaniladi (bundan xalq deputatlari Kengashi tomonidan belgilanadigan alohida yo‘nalish va toifadagi tadbirkorlik sub’yektlari mustasno).
Hujjat bilan:
2024-2203 yillarda Toshkent shahridagi kanallar hududlarini obodonlashtirish orqali xiyobonlar, sayilgohlar va dam olish maydonchalarini tashkil etish dasturi (923,3 mlrd so‘mlik jami 46 ta obekt);
Toshkent shahrida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va shahar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha huquqiy eksperiment o‘tkazish yuzasidan “yo‘l xaritasi” tasdiqlanmoqda.
Ushbu hujjatda quyidagilar nazarda tutilgan:
“Shahar chiqindixonasi” (Toshkent viloyatining Ohangaron tumani) poligoni hududida qattiq maishiy chiqindilarni saralovchi va muqobil energiyani ishlab chiqaruvchi zavodni qurish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish;
quvvati 20 kVtdan yuqori bo‘lgan elektromobillarni tezkor quvvatlash shoxobchalari tomonidan sotilgan elektr energiyasiga ustama o‘rnatish va mazkur mablag‘larni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishga yo‘naltirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqish.
Mavzuga oid
22:48 / 28.06.2026
Toshkentda “svet” o‘chishi oqibatida attraksionda qolib ketgan odamlar tushirib olindi
21:23 / 28.06.2026
Poytaxtning uch va Toshkent viloyatining bir tumani elektrsiz qoldi
19:44 / 28.06.2026
Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi
18:45 / 27.06.2026