23:17 / 01.08.2023
15474

O‘zbekiston kubogi. «Dinamo» «Paxtakor»ni turnirdan chiqarib yubordi

«Dinamo» birinchi bo‘limdayoq «Paxtakor» darvozasiga uchta gol urdi.

1 avgust kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi nimchorak finalidan o‘rin olgan uch o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Samarqandda Pro liga ishtirokchisi «Dinamo» Toshkentning «Paxtakor» jamoasini qabul qildi.

Uchrashuv startidayoq mezbonlar oldinga chiqib olishdi. Dastlab Fransis Narx jarima maydoniga kiriboq yo‘llagan zarbani Sanjar Quvvatov qaytara olmadi.

Ko‘p o‘tmay Abubakr Mo‘ydinov shedevr gol muallifiga aylandi.

28-daqiqada esa Vadim Abramov shogirdlari mehmonlarni qarshi hujumda jazoladi, Joel Kojo hisobni yiriklashtirdi.

Ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan Dragan Cheran ikkita gol urdi, ammo bu jamoani qutqara olmadi. 

Shu tariqa, Samarqand klubi chorakfinalga yo‘l oldi, Superliganing amaldagi chempioni esa turnir bilan xayrlashdi.

Qarshida 7 ta gol kuzatilgan bahsda «Nasaf» 90+6-daqiqada Azizbek Amonovning goli evaziga «Buxoro»ni mag‘lub etib, chorakfinalga chiqdi.

«Paxtakor-79» esa «Turon»ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Yaypanliklar safida Abega Enyang, Shohmalik Komilov va Humoyun Murtozayev gol muallifiga aylandi.

O‘zbekiston kubogi. 1/8 final.
«Dinamo» - «Paxtakor» - 3:2

Gollar: Fransis Narh, 5 (1:0), Abubakir Mo‘ydinov, 13 (2:0), Joel Kojo, 27 (3:0), Dragan Cheran, 63 (3:1), Dragan Cheran, 82 (3:2)

«Nasaf» - «Buxoro» - 4:3 
Gollar: Aleksandar Stanisavlevich, 10 penalti (0:1), Alibek Davronov, 45+6 (1:1), Farruh Ibrohimov, 52 (1:2), Andres Chavez, 57 (2:2), Mateus Lima Kruz, 67 (3:2), Shohruz Norxonov, 84 penalti (3:3), Azizbek Amonov, 90+6 (4:3)

«Turon» - «Paxtakor-79» - 3:0
Gollar: Abega Enyang Ngu, 40 (1:0), Shohmalik Komilov, 69 (2:0), Humoyun Murtozayev, 78 penalti (3:0).

Top