Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga sayohat qiluvchilar uchun lyuks poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Transport vazirligida Arsenale Group kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Foto: Transport vazirligi
Transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, tadbir doirasida transport sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi, shuningdek, O‘zbekistonning tarixiy shaharlarida lyuks sayyohlik poyezdini ishga tushirish bo‘yicha takliflari tinglandi.
Kompaniya rahbariyati vagonlarni panoramali derazalar, hashamatli kabinalar va restoran vagonlari bilan jihozlashni rejalashtirmoqda. Bugungi kunda bunday poyezdlar qurilish jarayonida bo‘lib, 2026 yilda bunday vagonlar BAA va Saudiya Arabistonida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Arsenale Group vakillari lyuks vagonlarni Toshkent – Samarqand - Buxoro – Xiva –– Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ishga tushirishni taklif qildi. Kompaniya vakillari vagonlar Italiyada ishlab chiqarilishi rejalashtirilganligini ta’kidlab o‘tdi.
Sayyohlik poyezdida jami 33 ta kabina va umumiy sig‘imi 66 yo‘lovchiga mo‘ljallangan yuqori qulaylikka ega 12 ta lyuks vagonlardan iborat bo‘lishi rejalashtirilgan.
Uchrashuv yakunida tomonlar ushbu masala bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
09:30 / 19.01.2026
Ispaniyada ikki poyezd to‘qnashuvi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi
10:47 / 17.01.2026
O‘zbekistonliklarning Misrga sayohati keskin ko‘paydi: 60,9 ming nafar
21:29 / 15.01.2026
2025 yil jahon turizmi tarixidagi eng yaxshi yil bo‘ldi – daromadlar €10 trln
12:40 / 26.12.2025