Iryo kompaniyasiga tegişli, Malagadan Madridga ketayotgan poyezd relsdan çiqib, qöşni yölga çiqib ketgan va u yerda qarşi tomondan kelayotgan, Uelvaga yönalgan poyezd tarkibi bilan töqnaşgan. Hodisa sababi hozirça noma’lum. Ispaniya OAV ma’lumotiga köra, ikki poyezdda jami 400 kişi bölgan.
Ispaniya boş vaziri Pedro Sançes vaziyatni diqqat bilan kuzatayotganini bildirdi. Ispaniya qirollik oilasi ham ta’ziya bildirdi.
Reuters agentligi yozişiça, fojia joyida qutqaruvçilar işlaşda davom etmoqda — ular poyezdlardagi yölovçilar orasidan tirik qolganlarni topişga harakat qilmoqda. Mahalliy televideniyega bergan izohlarida qutqaruvçilar hozirça töqnaşuvda asosiy zarba tuşgan vagonlardan qança odam omon qolganini baholay olmasligini aytgan.
Poyezdlar relsdan çiqqan hudud joylaşgan Adamus munitsipaliteti rahbarining sözlariga köra, u hodisa joyiga birinçi bölib yetib kelganlardan biri bölgan. “Men tanib bölmaydigan darajada mayib bölgan yölovçini kördim”, — deb aytgan amaldor El Pais gazetasiga bergan izohida.












