O‘zbekiston | 08:00 / 04.08.2023
5258
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston tomonining taklifiga binoan 4 avgust kuni amaliy tashrif bilan Ashxobod shahriga jo‘nab ketdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Mamlakat yetakchisi O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston davlat rahbarlarining uch tomonlama uchrashuvida ishtirok etadi.

Tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajada uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Tadbirlar davomida mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi.

Mavzuga oid