Qayd etilişiça, avvallari SIM-karta xarid qiliş uçun murojaat qilganlar navbatga qöyilgan bölsa, hozir buning ham iloji yöq.
Turkmaniston poytaxtida yaşovçi fuqaroning sözlariga köra, kompaniyaning markaziy ofisida ham, filiallarda ham na yangi raqamga, na mavjud raqamga SIM-karta olib bölmayapti. Endi mijozlar faqat tarifni özgartira oladi, dedi u.
TMCell savdo belgisi ostida faoliyat yurituvçi “Oltin Asr” yuzaga kelgan muammolarni kompaniyaning yangi SIM-kartalar sonini köpaytiriş uçun texnik imkoniyati yöqligi bilan izohladi. Kompaniya bu muammolar haqida rasman xabar bermagan.
“Oltin Asr” 2023 yilning bahorida SIM-kartalar savdosini çeklaşni boşlagandi. Oktyabr oyida kompaniya ofislarida navbatlar paydo böldi, ular 2024 yilning bahorigaça çözildi.
Ta’kidlanişiça, sönggi yillarda Turkmaniston hukumati eng ilğor texnologiyalarni xarid qiliş va joriy etiş haqida muntazam bayonotlar berib keladi, biroq mamlakatda uyali aloqa sifati yomonlaşib, internet tezligi pasaymoqda.
Qator naşrlar bu mamlakat hukumati aholining ma’lumotlardan foydalanişini nazorat qilişi, Turkmanistonga oid ma’lumotlar sizib çiqişining oldini olişga urinişini ta’kidladi. Turkmanistonda bir neça yillardan beri yirik ijtimoiy tarmoqlar va mustaqil axborot vositalari bloklangan.







