Toshkent shahridagi tug‘uruqxonada egizak chaqaloqlar vafot etdi
Bunga asoratli tug‘uruq belgilari sabab bo‘lgani, hozir onaning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.

Illyustrativ foto
Toshkent shahridagi 6-sonli tug‘uruqxonada egizak chaqaloqlar vafot etdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, bunga og‘ir darajadagi chalalik va boshqa asoratlar sabab bo‘lgan.
Qayd qilinishicha, ayol egizak homiladorlikning og‘ir asoratli kechishi tufayli 6-sonli tug‘uruq kompleksiga uch marotaba (4-11 aprel, 29 may-5 iyun va 13-17 iyun kunlari) yotqizilgan va homilaning surunkali tushish xavfi bilan davolangan.
Ayolda homilani saqlash bo‘yicha olib borilgan statsionar va ambulator muolajalarga qaramay, 22 iyun kuni to‘rtinchi marotaba tez tibbiy yordam xizmati avtomashinasi orqali ushbu tug‘uruq muassasasiga shoshilinch ravishda keltirilgan. Unga «Homiladolik-1. Egizak. Erta tug‘uruqning boshlanishi. Homila ichki infeksiyasi. Kam suvlik» tashxisi qo‘yilgan.
22 iyun kuni ayolda erta tug‘uruq kuzatilgan. Asoratli tug‘uruq belgilari bilan og‘ir darajadagi chalalik, chuqur asfiksiya, sust yurak urishi bilan 660 gramm og‘irlikdagi qiz jinsli chaqaloq tug‘ilgan. Shifokorlar tomonidan o‘z vaqtida olib borilgan yurak-o‘pka reanimatsiyasi muolajalari samara bermagan.
Ikkinchi qiz jinsli o‘lik chaqaloq 15 daqiqadan so‘ng asoratli tug‘uruq belgilari bilan og‘ir darajadagi chalalik, o‘lik homilaning bachadonda ko‘ndalang joylashuvi, 560 gramm og‘irlik ko‘rsatkichlari bilan tug‘ilgan.
Bemor qarindoshlari tomonidan imzolangan tilxatda tibbiyot xodimlariga e’tiroz yo‘qligi va patanatomik tekshiruvga qarshiligi to‘g‘risidagi qat’iy talabi tufayli o‘ta kam vaznli (660 va 560 g) chaqaloqlarni patanatomik tekshiruvdan o‘tkazish imkoni bo‘lmagan.
Ayol 2023 yil 23 iyun kuni qoniqarli ahvolda shifoxonadan chiqarilgan.
Tavsiya etamiz
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?
Jamiyat | 17:57 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh va Isroilning Eronga zarbalaridan keyin AEXA favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi
Jahon | 08:13
-
Kreml: yadro qurolini tarqatmaslik rejimiga juda katta zarba berildi
Jahon | 07:45
-
Tramp Eron va Isroil «to‘liq otashkesimga» kelishganini e’lon qildi. Eron ham, Isroil ham buni tasdiqlamadi
Jahon | 07:43
-
Eron Qatardagi AQSh bazasiga hujum qildi
Jahon | 03:43
Mavzuga oid

16:30 / 23.06.2025
Toshkentda savdo do‘koni tomiga chiqqan 11 yoshli qiz tok urishi oqibatida vafot etdi

08:03 / 22.06.2025
Katta AES bitimi, Farg‘onadagi “maska-shou” va qulayotgan dollar - hafta dayjesti

17:43 / 21.06.2025
Toshkentda bosh rejaga zid uchta yirik loyiha taqdim etildi

21:02 / 19.06.2025