Havayi ştati hukumatining sönggi ma’lumotlariga köra, örmon yonğinlari oqibatida sayyohlar orasida maşhur bölgan Maui orolida halok bölganlar soni 99 kişiga yetgan.
Qurbonlar soni ortişi mumkinligi istisno etilmaydi, çunki yuzlab odamlar hamon aloqaga çiqqani yöq.
Havayi orollari gubernatori Joş Grinning ma’lum qilişiça, bu AQŞda 1918 yildan buyon eng köp odam ölimiga sabab bölgan örmon yonğinlari bölmoqda, 105 yil muqaddam Minnesota va Viskonsinda yonğinlar 453 kişini hayotdan olib ketgandi. Şuningdek, bu Havayi orollari tarixida röy bergan eng dahşatli tabiiy ofatga aylandi, oxirgi marta 1960 yilda röy bergan sunami tufayli 61 kişi halok bölgandi.
Mauida kamida 2,2 mingdan ortiq bino şikastlangan yoki butkul vayron bölgan, şundan 86 foizi — turar joylardir. Butun orolni tiklaş uçun 6 mlrd dollar talab etilişi mumkin. Orollardan minglab sayyohlar va mahalliy aholi vakillari evakuatsiya qilingan, köplar elektr va mobil aloqasiz qolişgan.
Öt öçiruvçilar bir neça hududlarda, jumladan tarixiy ahamiyatga ega bölgan Laxayna şahrida yonğinga qarşi kuraşmoqda, bu şahar amalda töliq yakson bölgan. Avvallari bu şaharga yiliga ikki millionga yaqin sayyoh taşrif buyurardi.
Laxayna şahri XIX asrda Havayi qirolligi poytaxti bölgan - bu orollar AQŞga qöşilişidan oldin mavjud bölgan davlat edi.

Havayi orollaridagi yonğinlar hafta örtalarida boşlangandi.
Bu issiq havo va qurğoqçilik tufayli kelib çiqdi, orollardan yuzlab kilometr janubda Tinç okeani uzra kötarilgan «Dora» dovuli tufayli kuzatilayotgan kuçli şamollar esa olov tez tarqalişiga sabab bölmoqda.
Joriy yil yozida Amerikaning köplab ştatlarida, şuningdek Yevropa va Osiyoda sayyoradagi iqlim özgarişlari va boşqa omillar natijasida yuzaga kelayotgan issiq ob-havo qayd etilmoqda.
Havayidagi örmon yonğinlari Kaliforniya va AQŞning materik qismidagi boşqa ştatlaridagi kabi katta kölamda emas, ammo mahalliy aholi vakillari bunaqasini hali körişmaganini aytişmoqda.

Havayi ştati boş prokurori rasmiylar örmon yonğinlariga kerakli darajada töğri reaksiya körsatganini sinçkovlik bilan örganmoqçi. Qurbonlar soni köpligi tufayli amaldorlar mahalliy aholini xavf haqida qançalik tez ogohlantirgani borasida savollarni tuğdirmoqda.






























