Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi ishga tushdi
Markazlar shtab ko‘rinishida, har bir oliy ta’lim muassasasi hududiga kirish joyida faoliyat yuritadi.

Foto: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Talabalarni turar joy bilan ta’minlashda navbatlarning oldini olish, o‘quv yili boshlanishi arafasida talabalarning turar joysiz qolish ehtimolini bartaraf etish maqsadida barcha davlat oliy ta’lim muassasalari hududiga kirish joylarida maxsus markazlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Markazda ko‘ngilli yoshlar hamda tyutorlar faoliyat yuritib, turar joyga muhtoj talabalarning yotoqxona va ijara xonadonlari bilan ta’minlanishini nazorat qiladi, ularga amaliy yordam beradi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga tegishli ma’lumotlar markazi vazirlik binosi yonida joylashgan bo‘lib, u ham shtab sifatida faoliyat yuritadi. Shtabda barcha oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan ma’lumotlar markaziga kelib tushgan so‘rovlar va amalga oshirilgan ishlar monitoringi yuritilib, talabalarning turar joy bilan ta’minlanishi uchun amaliy ko‘mak ko‘rsatiladi.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindiston va Pokiston munosabatlari taranglashdi
Jahon | 02:00
-
Amerikalik sobiq kongressmen Jorj Santos firibgarlik uchun yetti yilga qamaldi
Jahon | 01:32
-
Rossiyada migrantlarning farzandlarini bog‘chaga qabul qilishda qo‘shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin
Jahon | 00:41
-
Britaniyada saratonni kasallik belgilari paydo bo‘lishidan oldin aniqlashga qodir qon tahlili ishlab chiqildi
Jahon | 23:42 / 25.04.2025
Mavzuga oid

23:47 / 18.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi

22:06 / 14.03.2025
Ijtimoiy toifadagi abituriyentlarga qo‘shimcha grant ajratiladi

16:16 / 13.03.2025
Bakalavriatga qabul uchun test topshiriqlari soni va baholash tartibi tasdiqlandi

16:36 / 24.01.2025