Dunyoda har soniyada uruş boşlanişi mumkin bölgan qaynoq nuqtalar bor. Odatda bunday yerlar ikki davlat tomonidan talaşilayotgan böladi va ular bosiq bölişmasa, bir lahzada uruş avj olişi heç gap emas. Mana şunday porox solingan boçkaga öxşaş hududlardan biri Kaşmir. Oxirgi kunlarda Kaşmirdagi terakt sabab Hindiston va Pokiston örtasida munosabatlar taranglaşib, hatto ikki davlat uruş yoqasiga kelib qoldi. Videoda uşbu konflikt atrofidagi oxirgi voqealarga töxtalamiz.

Nimadan boşlandi?

22 aprel kuni Kaşmirning Hindistonga qaraşli qismida terakt sodir etildi. Jangarilar sayyohlar guruhini öqqa tutişi oqibatida kamida 26 kişi öldi, 17 kişi yaralandi. Pahalgam şahridagi bu manzil Hindistonning eng maşhur sayyohlik nuqtalaridan biri hisoblanadi.

Terakt uçun javobgarlikni «Kaşmir qarşiligi» qurolli guruhi öz zimmasiga oldi. Jangarilar olti kişi bölgani aytilmoqda. Uç nafar gumonlanuvçi qölga olingan, ulardan ikki nafari pokistonlik. Hindistonda terakt uçun javobgar Pokiston tomoni ekani aytib çiqildi, biroq Islomobod ayblovlarni rad etmoqda.

Hindiston teraktdan keyin barça pokistonliklarga berilgan vizalarni bekor qildi. 27 aprelgaça Hindistonda bölib turgan barça pokistonliklar mamlakatni tark etişini talab qildi. Tibbiyot vizalari ham 29 aprelgaça amal qilişi aytildi. Bunga javoban Pokiston Hindiston tomonidan foydalaniladigan yoki unga tegişli barça aviakompaniyalar uçun öz havo hududini yopdi. Pokiston ham Hindiston fuqarolariga berilgan vizalarni bekor qilib, ularga mamlakatdan çiqib ketişni buyurdi.

Hindiston daryolarni tösmoqçi

Vaziyat şunçalik yomonlaşdiki, Hindiston Pokistonni suvsiz qoldiriş bilan tahdid qildi. 1960 yil ikki davlat adovatli munosabatlarga qaramay Hind daryosidan birgalikda foydalaniş böyiça kelişuv imzolaydi. Şu kunlarda Hindiston bu kelişuvdan çiqişini e’lon qildi. Hind daryosi ikki davlat uçun juda muhim hisoblanadi. Uning tizimida bölgan olti daryodan beştasining manbai Hindistonda joylaşgan. Ulardan asosan Pokiston suv içadi. 1960 yildagi kelişuvga köra, Hindiston Hind daryosi tizimidagi uçta şarqiy daryo suvlaridan Pokiston çegarasigaça foydalanadi. Pokiston esa uçta şarqiy daryodan suv oladi.

Kelişuvda undan bir tomonlama çiqiş bandi bölmasa-da, Hindiston bitimdan çiqişini e’lon qildi. Pokiston buni oçiqçasiga uruş akti deb atadi. Biroq ekspertlar Hindiston Pokistonga ketadigan suvni tösib qöyişi oson emas deyişmoqda, çunki hindlarda töplangan suvni saqlaş imkoni yöq. Lekin suv oqimlari beqaror bölsa, Pokiston uçun juda muhim bölgan qişloq xöjaligi sohasi jiddiy zarar köradi. Pokiston tomoni şundoğam suv oqimi iqlim özgarişi sabab 25 foizgaça kamayib ketgani, Hindiston kelişuvdan çiqişi vaziyatni oğirlaştirişini aytmoqda.