Jahon | 21:30 / 18.08.2023
6933
3 daqiqa o‘qiladi

AQShda uysizlar soni bir yil ichida 11 foizga ko‘paygan - OAV

So‘nggi bir yil ichida AQShda doimiy yashash joyi yo‘q uysizlar soni 11 foizga ko‘paygan. The Wall Street Journal gazeta so‘rovida qatnashgan ekspertlar turar joy narxlarining oshgani va hukumat tomonidan ko‘rsatilgan «pandemiya subsidiyasi» bas qilinganini bunga sabab qilib ko‘rsatishgan.

Foto: Amerikalik uysizlar. Foto: dailymail.co.uk

Bir yil ichida 11 foizga o‘sish rekord hisoblanadi va ayni paytda Amerikadagi uysizlar soni 577 mingga yetgan (mamlakat aholisining 0,2 foizi). Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi o‘z surishtiruvida qayd etgan.

Gazeta uysizlarni alohida shaharlar bo‘yicha ham, shtatlar bo‘yicha ham sanoqdan o‘tkazuvchi 300 dan ziyod ixtisoslashgan tashkilotlarning ma’lumotlarini tahlil qilgan. Bu tashkilotlarga o‘tgan yili hisobga olingan uysiz insonlarning to‘qqiztasidan sakkiz nafari to‘g‘ri kelgan, deb aniqlik kiritadi WSJ.

O‘tgan yilga nisbatan AQShda uysiz insonlarning soni 11 foizga ortibgina qolmasdan, pandemiyadan avvalgi 2020 yilgi ko‘rsatkichlardan ham o‘tgan. «Ba’zi joylarda bunday insonlar sonining o‘sishi pandemiya chog‘ida sanoqdan o‘tkazish bilan bog‘liq muammolardan xalos bo‘lingani bilan tushuntirilishi mumkin», — deb yozmoqda WSJ.

Nashrning qayd etishicha, bularning barchasi dastlabki ma’lumotlar, biroq bunday o‘sish AQShdagi «ko‘plab muammolar» — turar joy narxlari oshishi, ijara xonalarining yetishmasligidan tortib, hamon davom etayotgan «opioid krizis» (og‘riq qoldiruvchi dorilarni tartibsiz iste’mol qilish) bilan bog‘liq.

WSJ ixtisoslashgan tashkilotlarda aniqlik kiritishicha, ishsizlar sonining keskin oshishi COVID-19 pandemiyasi boshida ajratila boshlagan hukumat yordamining bugunga kelib keskin qisqarishi bilan ham bog‘liq. Tashkilotlar hukumat tomonidan uydan chiqarib tashlashga moratoriylar soni ham oshganini xabar berishgan. «Biz barchamiz COVID-19 davri iqtisodiy oqibatlarini his qila boshladik», — degan Metro Denver Homeless Initiative direktori Jyeymi Rayf.

Bundan tashqari, WSJ so‘roviga javob bergan ekspertlar uysizlar soni o‘sishini migrantlar soni oshganiga ham bog‘lashgan. Shunday shaharlardan biri Nyu-Yorkdir. Bu yerda shahar hukumati boshpana huquqini qonuniylashtirgan: chunki shahar tizimida ayni paytda 80 mingdan ortiq ro‘yxatga olingan uysizlar bor, deb yozadi gazeta. 

Mavzuga oid