Ozarboyjon va Armaniston örtasidagi muzokaralar nimaga asoslanadi?
|16:12 / 18.08.20237 80615 min
Qoraboğdagi uruş uç yil avval tugagandi. Armaniston Bokuning deyarli barça talablariga rozi böldi va buning evaziga Qoraboğ armanlari uçun xavfsizlik kafolatlari talab qildi. Boku ular Ozarboyjon fuqarolari bilan bir xil huquqlarga ega bölişini ta’kidlamoqda.
Yevroittifoq Ozarboyjon va Armaniston örtasidagi muzokaralarda vositaçi rolini öynaşga harakat qilmoqda (suratda çapdan öngga: Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Yevropa kengaşi raisi Şarl Mişel va Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan)
2020 yilgi uruşdan söng qarama-qarşi tomonlar köp marta muzokara stoliga ötirdi va ba’zida tinçlik şartnomasi imzolanişiga yaqin qolgandek körindi ham. Uçraşuvlar Vaşington, Bryussel va Moskva vositaçiligida ötkazildi, biroq ekspertlar fikriça, bu muzokaralar muvaffaqiyati armanlar xavfsizligi masalasiga boğliq.
Ozarboyjon 44 kunlik uruşda ğalaba qozonib, Qoraboğ hududining bir qismini va unga tutaş hududlarni qaytarib olgandi. Armaniston, Ozarboyjon va Rossiya rahbarlari kelişuvi bilan Rossiya tinçlikparvar kuçlari Toğli Qoraboğga kiritildi. Ular armanlar yaşaydigan Qoraboğ hududini nazorat qilib, ularning xavfsizligini ta’minlaşi közda tutilgan.
Ammo armanlar bu himoya sifatidan norozi, ular tinçlikparvar kuçlari Ozarboyjon harbiylari qarşisida ojiz, deb hisoblaydi.
Ozarboyjonliklar esa, öz navbatida, ruslar Armanistondan Qoraboğga yaşirinça qurol olib ötişga yordam berayotganini da’vo qilmoqda.
Qurolli töqnaşuvlar va öt oçişni töxtatiş şartlari buzilişi holatlari (jumladan, Ozarboyjon va Armaniston çegarasida) haqidagi xabarlar har bir neça kunda paydo böladi.
Tinçlikparvar kuçlarning mandati 2025 yilda tugaydi va Ozarboyjon bu muddat uzaytirilmasligi mumkinligiga aniq işora bermoqda.
Yerevan Qoraboğda yaşaşda davom etayotgan ön minglab armanlarga xavfsizlik kafolati berilişini xohlaydi.
Qoraboğ — har ikki xalqda bir zumda hissiyotlar böronini keltirib çiqaradigan mavzu. Önlab yillar davom etgan mojarolar davomida armanlar va ozarlarni ajratib turuvçi jarlik yanada kengaydi.
Ikki tomon ham özini bu qarama-qarşilikda jabrlanuvçi deb biladi, işonçsizlik va bir-birini rad etiş devori tökilgan qonlarning har bir tomçisi bilan mustahkamlanadi.
Armanlar Toğli Qoraboğdan taşqariga çiqa olmaydi, ozarboyjonliklar esa Qoraboğdagi armanlar tomonidan vayron qilingan, uzoq yillar davomida minalardan tozalaş va infratuzilmani tiklaş işlari olib boriladigan şahar va qişloqlarga qayta olmaydi.
Mavzuga oid
Bugungi kunda Bokudagi Primorsk parkida sayr qilib yurgan armanni yoki Armanistonning Sevan (yoxud ozarboyjon tilida Geyça) köli qirğoğida dam olayotgan ozarboyjonlikni tasavvur qilişning iloji yöq.
Jangovar harakatlar oqibatlarini bartaraf etiş, kommunikatsiyalarni oçiş va transportning erkin harakatlanişi ta’minlaş (masalan, Naxiçevanga boradigan yöl böylab) böyiça qöşma harakatlar olib boriş — bular muloqot va murosa talab qiladigan qadamlar.
Ammo jamiyat Armanistonda ham, Ozarboyjonda ham aftidan, hozirça bunga tayyor emas va heç kim ularni bunga tayyorlamayapti.
Tinçlik şartlari
Ozarboyjon avvalroq Armanistonga tinçlik bitimi şartlari sifatida beş band taklif qilgandi: çegaralarni özaro tan oliş, hududiy da’volar bölmasligi, harbiy kuç işlatiş va kuç işlatiş bilan tahdid qilişdan voz keçiş, çegaralarni demarkatsiya qiliş va transport kommunikatsiyalarini oçiş.
Armaniston tomoni bunga Qoraboğda qolgan armanlar xavfsizligini kafolatlaydigan xalqaro mexanizmlarni yaratiş töğrisidagi bandni ham qöşmoqçi. Va aynan şu masalada tomonlarning qaraşlari bir-biridan farq qiladi.
2023 yil may oyida Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan Qoraboğni Ozarboyjonning bir qismi sifatida tan olişini ma’lum qildi, ammo yana bir bor Boku u yerda yaşovçi armanlarga xavfsizlik kafolatlarini beriş uçun «Xonkandi (arman tilida Stepanakert) bilan tölaqonli muzokaralar olib borişi» kerakligini qöşimça qildi.
Armanistonlik siyosatşunos Aleksandr Iskandaryanning fikriça, hozir bunday kafolatlarni oliş nihoyatda qiyin. Bir tomondan, tan olinmagan Toğli Qoraboğda Bokuning va’dalariga işonçsizlik mavjud, ikkinçi tomondan, «Boku, masalan, xalqaro tinçlikparvar kuçlar, xususan, BMT tinçlikparvar kuçlari şaklidagi kafolatlarga rozi bölmaydi».
«Şunga köra, agar uşbu vaziyatning xalqaro kafolatlar bilan muzokaralar jarayoni bölsa va bir munça vaqt otişmalar va töqnaşuvlar yuz bermasa, şuningdek (Armanistondan Qoraboğga) yuklarni yetkazib beriş imkoniyati mavjud bölsa, unda bu heç bölmaganda (kafolatlarni) muhokama qilişga urinişning boşlanişi bölişi mumkin», deydi Iskandaryan.
2022 yil dekabr oyidan buyon armanlar yaşaydigan hudud de-fakto blokada holatida va bu bosqiçma-bosqiç kuçayib bormoqda. Öşanda (dekabrda) Ozarboyjon davlat xizmatçilari ekofaollar körinişida tan olinmagan TQRni Armaniston bilan boğlovçi yagona yölni tösib qöygandi.
2023 yil bahorida esa Ozarboyjon Armaniston bilan çegarada tölaqonli çegara nazorat punkti qurdi va yuk taşiş töxtatildi.
Keyinroq, yozda Ozarboyjon xalqaro Qizil Xoç jamiyati transport vositalarini Qoraboğga kiritişni töxtatdi va nihoyat, 2023 yil iyul oyi oxirida tez yordam maşinasini töxtatib, unda bölgan bemorni 30 yil oldin sodir etilgan harbiy jinoyatlarda ayblab qamoqqa oldi.
Ozarboyjon Qoraboğga insonparvarlik yuklarini Ozarboyjonning Oqtom şahri orqali olib kirişni taklif qilmoqda, ammo armanlar bunga qarşi.
Qoraboğdagi armanlar mintaqadagi humanitar vaziyatga e’tibor qaratişga urinmoqda
Ozarboyjon: armanlar ham şunday huquqlarga ega
Ozarboyjon harbiy jihatdan Armanistondan kuçliroq, uning armiyasi Armaniston bilan çegarani nazorat qiladi, şuningdek, Xonkendidan atigi bir neça kilometr masofadagi Şuşa şahrida turadi. Öz ritorikasida Boku tahdidlardan qoçmasdan kuçli pozitsiyadan gapiradi.
Prezident Ilhom Aliyev juda aniq gapirdi: «Qoraboğ armanlari yo Ozarboyjon pasportini olişi yoki mintaqani tark etişi kerak». Şu bilan birga, u ham, uning amaldorlari ham Qoraboğ armanlariga pasport bilan birga Ozarboyjonning boşqa fuqarolari ega bölgan huquqlar ham kafolatlanişini bir neça bor aytdi.
Bu bayonotlar, «Ozarboyjonda inson huquqlari bilan boğliq vaziyat yomon ekani, maktablarda armanlarga nisbatan nafrat propagandasi olib borilayotgani e’tiborga olinsa, bu yerda etnik armanlarga vatandoş sifatida qanday munosabatda bölişadi, degan savol tuğiladi», deya qayd etilgan izohlar bilan kutib olindi.
Umuman olganda, Qoraboğ armanlari hali Ozarboyjon fuqaroligini oliş istagini bildirmagan. BBC naşri Fuqarolarga xizmat körsatiş böyiça Davlat agentligi (ASAN — Azerbaijan Service and Assesment Network) bilan boğlanib, Qoraboğ armanlari Ozarboyjon pasportini olişni istasa, qayerga murojaat qilişlari kerakligini söragan. U yerdagilar içki işlar vazirligiga qönğiroq qilişni maslahat bergan. Vazirlik, şuningdek, Ozarboyjon migratsiya xizmati ham qönğiroqlarga javob bermagan.
Ayrim kuzatuvçilar, jumladan, Aleksandr Iskandaryanning fikriça, Ozarboyjon hukumati şunçaki armanlarni Qoraboğdan siqib çiqişga harakat qilmoqda.
Siyosatşunosning sözlariga köra, u armanlar ham ozarboyjonliklar bilan bir xil huquqlarga ega bölişini eşitganda, öziga savol bergan: qanday huquqlarga?
«Bu monarxiya, bir oila qisqa tanaffus bilan 1969 yildan beri hukmronlik qilmoqda. Tasavvur qiling, mamlakatda ba’zilar (armanlar) huquqlarga ega böladi, boşqalar (ozarboyjonliklar) esa bunday huquqlarga ega bölmaydi, bu aql bovar qilmas narsa», deydi Iskandaryan.
Ekspert: armanlarga erkinlik beriş Aliyev uçun noqulay qadam
Qoraboğ mojarosi böyiça ozarboyjonlik tarixçi Orif Yunus ham Iskandaryanning fikriga qöşilgan.
«Demak, Ozarboyjonning hamma joyida normal bölmagan saylovlar, biroq bir joyida unday emas – bunaqasi bölmaydi», deydi tarixçi.
Ozarboyjon turli xalqaro reytinglar va hisobotlarda Janubiy Kavkazdagi eng kam demokratik davlat sifatida körsatiladi. Köplab jurnalistlar, siyosatçilar, huquq himoyaçilari qamoqxonalarga tuşib çiqdi, tuzumning köplab tanqidçilari Ozarboyjonni tark etdi.
Muxolifat parlamentda deyarli vakillikka ega emas va prezidentlik saylovlarida qatnaşiş uçun ruxsat berilgan kam sonli nomzodlarning özlari amaldagi prezident Aliyevning tarafdorlari yoki jamoatçilik umuman tanimaydigan siyosatçilar edi.
Tarixçining sözlariga köra, agar armanlar Ozarboyjon tarkibida va xavfsizlikda bölsa, ular xalqaro miqyosda, şu jumladan Yevropa Kengaşi parlament Assambleyasida Ozarboyjonning milliy ozçiliklar huquqlari va umuman inson huquqlari böyiça majburiyatlarini bajarişini talab qilişi mumkin.
«Bu Ozarboyjonga ham yordam beradi, çunki Ozarboyjon muxolifati qila olmagan işni armanlar qiladi. Muxolifat uçun armanlar mamlakatni demokratlaştiruvçi lokomotivga aylanişi mumkin», deydi Orif Yunus.
Ekspertning fikriça, Ozarboyjon hukumatining maqsadi armanlar öz ixtiyori bilan ketişiga erişişdir.
«Uning (Aliyevning) vazifasi hammani öziga böysundirişdir, biroq unga böysunmaydigan mintaqa bor, bular boşqa tajribaga ega boşqa odamlar. Armanlarni hukumatning sözlariga işonişga majburlab, Ozarboyjonda qolişiga rozi böliş, bu mamlakatdan qoçgan muxolifatçilarni ularga xavfsizlikni va’da qilib, qayta taklif qiliş bilan barobar», deydi ozarboyjonlik tarixçi.
Orif Yunus va uning huquq faoli bölgan rafiqasi Leyla Yunus ham moliyaviy jinoyatlarda ayblanib, Ozarboyjondagi qamoqxonada ötirgan, köpçilikning fikriça bu siyosiy sabablarga köra uyuştirilgan ayblovlar bölgan.
Demokratlar uçun lakmus qoğozi
2020 yilgi 44 kunlik uruş davrida Ozarboyjon muxolifati hukumatni qöllab-quvvatlab, özaro kelişmovçiliklarni jangovar harakatlar oxirigaça qoldirib turdi. Jamiyat ham 1990-yillar boşida, Qoraboğdagi birinçi uruşda boy berilgan hududlarni qaytarib olişga intilayotgan Ozarboyjon harbiylari bilan birdam edi.
Ammo keyinroq, endi allaqaçon Armaniston hududida yangi töqnaşuvlar sodir bölganda, tuzumning ba’zi taniqli tanqidçilari Ozarboyjon hukumatining harakatlarini qoralay boşladi. Bunga javoban hukumat ijtimoiy tarmoqlarda ularga qarşi kampaniya boşladi va hokimiyatni tanqid qilganlarning fotosuratlarini «xoinni bil» yozuvi bilan tarqatdi.
Bugungi kunda mamlakatning turli mintaqalaridagi hokimiyat zöravonliklarini qoralayotgan Ozarboyjon muxolifati Qoraboğning blokada qilinişini tanqid qilmayapti. Ozarboyjonlik siyosiy kuzatuvçi Şahin Rizayevning aytişiça, bu mamlakatdagi muxolifat amaldagi hukumatdan köra köproq millatçi ekani, Qoraboğ armanlariga hamdard emasligi bilan boğliq.
Muxolifat partiyalaridan biri rahbariyatining sobiq a’zosi BBC naşriga bugungi kunda muxolifat özining omon qolişi va kuraşlari bilan juda band ekanini aytgan. «Ikkalasiga ham yangi qonun sabab böldi, u barça partiyalarni qayta röyxatdan ötişga majbur qildi va ularga qança a’zo borligini ölçaş uçun sabab berdi», degan sobiq muxolifatçi.
Muxolifatdagi «Respublikaçi alternativ partiyasi» yetakçisi Ilgar Mamedov BBC’ning Qoraboğ blokadasi böyiça partiya pozitsiyasi haqidagi savoliga quyidagiça javob bergan: «Loçin yölagi mamlakat içidagi savdo yöllari diskriminatsiyasi uçun emas, balki ularni rivojlantiriş uçun işlatilişi kerak. Şuning uçun rasmiy Bokuning Oqtom-Xonkendi yölidan foydalaniş taklifi Loçin yölagi uçun oqibatlarsiz rad etilişi mumkin emas. Va aynan qanday oqibatlarga olib kelişini hozirda mojarodan keyingi tartibga soliş masalasida harakat erkinligiga ega bölgan hukumat hal qilişi kerak. Ozarboyjon hukumati bu masalada barça mumkin bölgan tinç vositalaridan foydalanişga sodiqligiga işonamiz».
Rossiya tinçlikparvar kuçlaridan ikki tomon ham turli sabablarga köra norozi
Rossiyaning örnini kim egallaydi?
Qoraboğ armanlarining xavfsizligi masalasi hal etilmayotgan paytda, tomonlar AQŞ, Yevropa Ittifoqi va Moskva vositaçiligida muzokaralarni davom ettirmoqda. Masalan, AQŞning Kavkazdagi kelişuvlar böyiça katta maslahatçisi Lui Bono yaqinda Armaniston va Ozarboyjonda bölib, tinç yöl bilan kelişuv masalalarini muhokama qildi.
Mintaqadagi vaziyatni Bryussel ham kuzatib bormoqda, Rossiya esa nafaqat Qoraboğ mojarosi haqida tez-tez gapiradi, balki Qoraboğda özining tinçlikparvar kuçlari kontingentini saqlab keladi.
Rossiyaliklarning mandati ikki yildan söng tugaydi, undan keyin nima bölişi hozirça aniq emas. Yevropa Rossiya tomonidan Ukrainada boşlagan uruş bilan band. AQŞda 2024 yili prezidentlik saylovlari bölib ötişi kutilmoqda va amerikaliklar har doim ham xaritadan topa olmaydigan mintaqadagi vaziyat ularning diqqat markazida bölişi dargumon.
Ayni paytda Qoraboğning blokadasi armanlar va ozarbayjonliklar örtasidagi özaro tuşunişga hissa qöşmaydi. Şahin Rizayevning sözlariga köra, bunday vaziyatda Turkiya kuçsizlangan Rossiyani vositaçi sifatida almaştira oladi. Va ekspertning fikriça, Turkiya Ozarboyjon tarafdori bölsa-da, Bokuga bosim ötkaziş imkoniga ega bölgan yagona davlat.
Turkiyaning Armaniston bilan çegaralari oçilişi Yerevanning turk vositaçiligini qabul qilişi uçun muhim turtki bölişi mumkin.
Armanistonlik siyosatşunos Tigran Grigoryanning ta’kidlaşiça, Ukrainadagi uruş şaroitida kelgusi yillarni taxmin qiliş qiyin va hozirgi vaqtda «mintaqadagi bu böşliqni Ğarb aktorlari töldirmoqda». Va asosiy vositaçi tinçlik şartnomasi matnini kelişib olişga yordam berişga intilayotgan Vaşingtondir.
Sönggi paytlarda AQŞ haqiqatan ham tomonlarni tinçlikka erişiş uçun murosaga kelişga çaqirmoqda.
Qoraboğ mojarosi böyiça taniqli britaniyalik ekspert Lourens Broyersning qayd etişiça, vositaçilik va xavfsizlik kafolatlari — bu ikki xil jarayon bölib, ular qaçon va qayerda qöşilişini hozirça köriş qiyin. «Vositaçilar örtasida hali ham katta raqobat bor bölsa-da, harakatlarni muvofiqlaştiriş ham mavjud va bu biz taxmin qilgandan ham köproq», degan Broyers.
Uning sözlariga köra, Ozarboyjon uçun Rossiya tinçlikparvar kuçlarini mintaqadan olib çiqişga erişiş qiyin böladi, biroq ularning maqomini özgartiriş mumkin.
«Ehtimol, bu tinçlikni saqlaş haqida kamroq, lekin reintegratsiya (qayta birlaştiriş) jarayoni haqida köproq gapiriluvçi kiçikroq missiya böladi. Muammo şundaki, arman aholisi bu şaroitda u yerda (Qoraboğda) qolarmikan?» deydi ekspert.
Broyersning sözlariga köra, muzokaralar jarayonining özi «mojaro) joyida voqealar rivoji va tomonlar örtasidagi majburiyatlar hamda kelişuvlar haqida gap ketganda işonçning töliq yöqligi garovi bölib çiqdi».
«Va bu yerda jarayon eng köp milliy liderlarga boğliq va heç bir taşqi vositaçi ular uçun bu muammoni hal qila olmaydi», deya xulosa qilgan Broyers.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi