Ozarboyjon va Ukraina prezidentlari Ilhom Aliyev va Volodimir Zelenskiy telefon orqali muloqot çoğida Ozarboyjonning Ukrainada joylaşgan SOCAR kompaniyasiga qaraşli energetika obektlariga Rossiya tomonidan qilingan hujumni qoraladilar. Bu haqda Ozarboyjon prezidentining saytida ma’lum qilindi. 

Ta’kidlanişiça, tomonlar Ozarboyjonning Ukraina hududida joylaşgan SOCAR kompaniyasiga qaraşli neft ombori hamda Ukrainaga Ozarboyjondan gaz yetkazib beruvçi kompressor stansiyasiga Rossiya tomonidan aviazarbalar berilganini qoralaşgan. 

Caliber.az  naşrining yozişiça, 8 avgustga ötar keçasi Odessadagi SOCAR neft bazasiga hujum uyuştirilgan. Rossiya mudofaa vazirligi 2 avgustdan 8 avgustga qadar Ukrainadagi “harbiy-sanoat majmuasiga qaraşli korxonalar faoliyatini ta’minlovçi gaz transport tizimi obektlari” yöq qilinganini ma’lum qildi.  

Ukrainada Ozarboyjonning SOCAR davlat neft-gaz kompaniyasi vakolatxonasi mavjud.  SOCAR Ukraine avtomobillarga yonilği quyiş tarmoği hamda Odessa, Kiyev, Xarkiv, Lviv va Vinnitsada neft bazalariga ega.