Sport | 20:05 / 19.08.2023
29298
2 daqiqa o‘qiladi

Chempion ona

Foto: Telegraph India

Hindistonlik 18 yoshli grossmeyster Rameshbabu Pragnanandxa yoshlar o‘rtasida 3 karra jahon chempioni sanaladi. U 2016 yil xalqaro masterga aylanib, bunday natijaga erishgan eng yosh groysmeysterga aylandi. O‘shanda u atigi 10 yoshda edi.

Rameshbabuning opasi Vayshali ham xalqaro darajada master sanaladi. 

Opa-uka shaxmatchilarning, ayniqsa, Rameshbabuning shu darajaga kelishida onasi Nagalakshmining xizmatlari katta. Ona hayotini o‘g‘liga bag‘ishlagan. Bolakay poliomiyelit (asosan 5 yoshgacha bolalarda kuzatiladi. Har 200 kasalning birida falaj rivojlanadi va nafas olish qiyinlashib, o‘lim holati ham bo‘ladi) kasalligiga chalinganda onasi uni doimiy nazorat qilib turgan va tuzalishiga yordam bergan. 

Foto: Telegraph India

Nagalakshmi hozirgacha har qanday turnirga farzandlari bilan birga boradi va hattoki 5-6 soatlik partiyalarni ham tik oyoqda hayajon bilan kuzatadi. Farzandidan intervyu olishayotganda onaning faxr tuyg‘usi bilan qarab turishini ko‘rib etingiz jimirlaydi.

Shu kunlarda Rameshbabu Bokudagi jahon chempionatida muvaffaqiyatli qatnashmoqda va yarimfinalgacha yetib keldi. U final yo‘llanmasi uchun amerikalik Fabiano Karuanaga qarshi dona suradi.

Mavzuga oid