Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda bo‘lib o‘tadigan Superkubok o‘yini uchun chiptalar sotilmoqda
24 avgust kuni Jizzax shahridagi «So‘g‘diyona» markaziy stadioni katta futbol uchrashuviga mezbonlik qiladi.
So‘nggi yillarda mamlakat chempionligi uchun jiddiy kurash olib borayotgan «Paxtakor» va «Nasaf» klublari Superkubok uchun maydonga chiqadi.
O‘yin soat 19:30 da boshlanadi. Taqdirlash marosimi ham stadionning o‘zida bo‘lib o‘tadi.
Bellashuv chiptalari stadion kassalarida va Iticket.uz sayti orqali sotilmoqda. Jizzax Qarshi va Toshkent shaharlari o‘rtasida joylashgani inobatga olinsa, «So‘g‘diyona» stadioni keyingi yillar ichida ilk bor muxlislar bilan to‘lishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, «Paxtakor» o‘tgan mavsum Superliga chempioni bo‘lgandi, «Nasaf» esa O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritgan.
Mavzuga oid
17:43 / 25.04.2026
Superliga. «Paxtakor» va «Neftchi» ta’qibchilardan ilgariladi
17:07 / 20.04.2026
Superliga. Peshqadamlar poygasi va «Bunyodkor»dan superkambek
21:37 / 10.04.2026
Superligada hakamlik mojarosi. PFL hakamlar markazidan VAR yozuvini so‘radi
21:18 / 09.04.2026