Senatning qirq törtinçi yalpi majlisida Surxondaryo va Xorazm viloyatlari hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş dasturlari ijrosini örganiş natijalari körib çiqildi. Muhokama davomida viloyatda dasturlar ijrosi böyiça qator natijalarga erişiş bilan birga kamçiliklarga ham yöl qöyilgani ta’kidlandi.

Surxondaryo viloyati

2022 yilda yalpi hududiy mahsulot hajmi 34,8 trln sömni taşkil etgan va 2017 yilga nisbatan 2,4 baravarga, şuningdek, aholi jon boşiga 2,2 baravarga ösgan. 2022 yilda 250 mln dollarlik xorijiy investitsiyalar özlaştirilgan. Xorijiy investorlar iştirokida 220 dan ziyod investitsiya loyihalari işga tuşirilgan, 12 mingta yangi iş örni yaratilgan.

Viloyatda mahallalar infratuzilmasini rivojlantiriş dasturi doirasida 438 ta mahalladagi 543 ta loyiha böyiça 393,7 mlrd sömlik quriliş-ta’mirlaş işlari bajarilgan. “Taşabbusli budjet” jarayonining joriy yilgi 1-mavsumida fuqarolar tomonidan ilgari surilgan 9 595 ta loyihadan 110,6 mlrd sömlik 103 ta loyiha ğolib deb topilgan.

Bandlik dasturi doirasida joriy yilning yanvar-may oylarida 196,5 ming aholi doimiy, vaqtinçalik va mavsumiy iş örinlariga joylaştirilgan.

Örganiş davomida ayrim kamçiliklar va muammolar ham mavjudligi aniqlangan. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining tegişli qarorlari bilan viloyatning Bandixon, Boysun, Denov, Qiziriq, Qumqörğon, Muzrabot, Oltinsoy, Sariosiyo, Şerobod va Şörçi tumanlarini 2021–2023 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça qabul qilingan dasturlari doirasida 12,5 trln sömlik 255 ta investitsiya loyihasi işga tuşirilmagan.

Şuningdek, taşqi muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantiriş böyiça 175 ta loyiha hamda ijtimoiy infratuzilmalarni quriş, rekonstruksiya qiliş, ta’mirlaş va jihozlaş böyiça 83 ta loyiha böyiça amaliy işlar bajarilmagan.

Mahalliy budjetning qöşimça manbalari hisobidan 2022 yilda qariyb 2,6 mlrd söm mablağ tegişli budjet hisobidan moliyalaştirilişi nazarda tutilmagan taşkilotlarni saqlab turişga yönaltirilgan.

“Taşabbusli budjet” doirasida ajratilgan mablağlarning maqsadli işlatilişi yuzasidan 2022 yilda va 2023 yilning birinçi çoragida ötkazilgan nazorat tadbirlarida 118 ta holatda 8,9 mlrd sömlik moliyaviy xato va kamçiliklar aniqlangan.