Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
USAID administratorining Osiyo bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari O‘zbekistonga keladi
26-30 avgust kunlari AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Osiyo bo‘yicha byuro yordamchisi o‘rinbosari Anjali Kaur O‘zbekistonga kelmoqda. AQSh-O‘zbekiston hamkorlik aloqalarini rivojlantirishni maqsad qilgan tashrif doirasida Kaur xonim USAIDʼning mamlakatdagi hamkorlari va hukumat rasmiylari bilan uchrashadi.
Xususan, dastur davomida Samarqandda ingliz tili o‘qituvchilari bilan davra suhbati, USAID tomonidan moliyalashtirilgan migrantlar uchun maslahat markaziga tashriflar nazarda tutilgan.
USAID vakolatxonasining ma’lum qilishicha, Anjali Kaur farmatsevtika sohasida xalqaro sifat standartlarini ta’minlash hamda xavfsiz dori vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha SSV huzuridagi markaz bilan anglashuv memorandumini imzolashi kutilmoqda.
Anjali Kaurning faoliyat doirasi Janubiy va Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekiston, shuningdek, butun Osiyo mintaqasi uchun texnik xizmatlarni qamrab oladi.
22 avgust kuni AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) O‘zbekistondagi missiyasiga Devid Xofman yangi direktor etib tayinlagani xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
23:28 / 29.08.2025
USAID rasman yopiladi – Marko Rubio
07:36 / 28.07.2025
Tramp yordam va OAV uchun xarajatlarni qisqartirish haqidagi qonunni imzoladi
08:30 / 19.07.2025
AQSh Senati USAID va ikkita OAVga davlat xarajatlarini qisqartirishni ma’qulladi
20:58 / 08.07.2025