07:48 / 30.08.2023
2034

Gurjiston elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayapti

Zurab Abdushelishvili 2019 yilda elchi Konstantin Jgentining o‘rniga tayinlangandi.

Foto: TIV

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Gurjiston elchisi Zurab Abdushelishvilini qabul qildi.

«O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan elchi Zurab Abdushelishvili janoblari bilan uchrashdik, - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida. –Janob elchiga ikki tomonlama aloqalarimizga aniq natijalar bilan qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildiramiz hamda tariximiz, madaniyatimiz va adabiyotimizga bo‘lgan samimiy qiziqishini yuksak qadrlaymiz».

Zurab Abdushelishvili 2019 yil may oyida ishonch yorliqlari nusxalarini TIVda topshirgan edi. U elchi Konstantin Jgentining o‘rniga tayinlangan.

Mavzuga oid
Top