Gurjistonning «Gurjiston milliy legioni» (GML) harbiy qismi Rossiya sudi tomonidan terrorçilik taşkilotlari röyxatiga kiritildi, deb xabar bermoqda TASS agentligi 14 iyun, juma kuni Federal xavfsizlik xizmati («FSB») jamoatçilik bilan aloqalar markaziga tayanib. Qayd etilişiça, GML faoliyati endi Rossiyada taqiqlangan.

Bundan taşqari, «Gurjiston milliy legioni» rahbari Uşangi (Mamuka) Mamulaşvili Moskvada sirtdan hibsga olingan, naşrning ta’kidlaşiça, hozirda «FSB» «davlat xavfsizligiga tahdidlarni aniqlaş va bostiriş böyiça çora-tadbirlarni davom ettirmoqda». 

«FSB» ma’lumotlariga köra, «Gurjiston milliy legioni» milliy asosda yollangan eng yirik qurolli tuzilma hisoblanadi.

«Legion» 2014 yildan beri Ukraina tomonida kuraşib kelmoqda

2014 yilda jangovar tajribaga ega Gurjiston fuqarolaridan tuzilgan «Gurjiston milliy legioni» köngilli harbiy bölinmasi Ukraina şarqidagi harbiy amaliyotlarda faol iştirok etdi. Hozirda u Kiyev viloyatining 25-hududiy mudofaa bataloni tarkibida Ukrainani Rossiya hujumidan himoya qilişda iştirok etmoqda.

Rossiyada «Ukraina Qurolli kuçlari uçun askarlarni yollagani va jangovar harakatlarda qatnaşgani uçun» sirtdan jinoiy javobgarlikka tortilgan Uşangi Mamulaşvili ötgan yilning oktyabr oyida Rossiya Içki işlar vazirligi tomonidan qidiruvga berilgan edi. Avvalroq Rossiya Federatsiyasi Tergov qömitasi GMLning 70 dan ortiq iştirokçisini sirtdan jinoiy javobgarlikka tortgan, deb yozadi TASS.

«Gurjiston milliy legioni» Rossiyada terrorçi deb tan olingan 51-taşkilotga aylandi. Avvalroq Rossiya sudining qarori bilan Ukraina Qurolli kuçlari tomonida jang qilayotgan Rossiyadan kelgan köngillilar bölinmasi – «Rossiya köngillilar korpusi» taşkiloti ham terrorçi deb tan olingan edi.