Qöşma Ştatlar Gurjistonning bir neça önlab amaldorlariga qarşi sanksiyalar joriy etilganini bu mamlakat parlamenti «çet el agentlari» töğrisidagi qonunni qabul qilgandan keyin e’lon qildi. AQŞ Davlat departamentining 6 iyun, payşanba kuni ma’lum qilişiça, sanksiyalar röyxatiga hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasi, qonunni qabul qilgan parlament a’zolari, şuningdek, namoyişçilarni tarqatib yuborişga mas’ul huquq-tartibot idoralari vakillari kiritilgan.
Brifingda sanksiyalar haqida e’lon qilar ekan, departament Mettyu Metyu Miller aniq ismlarni aytmadi, ammo «bir neça önlab» odamlar aksildemokratik harakatlar va inson huquqlari buzilişi uçun javobgarlikka tortilişini ta’kidladi.
«Bu harakatlar Gurjistonning Yevropa kelajagiga putur yetkaziş xavfi bor hamda Gurjiston Konstitutsiyasi va xalqining xohiş-istaklariga ziddir», - deya ta’kidladi Miller. Uning sözlariga köra, sanksiyalar faqat birinçi qadamdir. Gurjiston öz yönalişini özgartirmasa, yangi jazolarga duç keladi, deya qöşimça qildi u.
Gurjistonda «çet el agentlari» töğrisidagi qonun
Gurjiston muxolifati Rossiyaning «çet el agentlari» haqidagi qonunining nusxasi deb ataydigan «Xorijiy ta’sir şaffofligi töğrisida»gi qonun iyun oyi boşida kuçga kirdi. Gurjiston parlamenti raisi Şalva Papuaşvili uni fuqarolar va muxolifat keng kölamli noroziliklari, şuningdek, prezident Salome Zurabişvilining veto qöyganiga qaramay, 3 iyun kuni imzoladi.
Qonun kuçga kirgandan söng, Gurjiston Adliya vazirligi 60 kun içida barça me’yoriy hujjatlarni işlab çiqişi va 20 foizdan ortiq mablağni xorijiy manbalardan oladigan nodavlat notijorat taşkilotlari davlat röyxatidan ötişi şart bölgan elektron portal yaratişi kerak.
Aksariyat onlayn-OAV va NNT qonun bilan qamrab olinadi
«Exo Kavkaza»ning qayd etişiça, Gurjiston onlayn-OAV va asosan Ğarb jamğarmalari bilan işlovçi nohukumat taşkilotlari katta qismi uşbu talab ostida qoladi. Hujjat mualliflarining ta’kidlaşiça, unda repressiv çoralar mavjud emas va notijorat sektordagi taşkilotlar faoliyati şaffofligini oşirişga qaratilgan. Ular, şuningdek, yangi qonun Rossiya emas, Amerika qonunçiligi normalarini takrorlaydi, deb da’vo qilmoqda.
AQŞ prezidenti Jo Bayden ma’muriyati qonun qabul qilinsa, Gurjiston bilan munosabatlarni har tomonlama körib çiqişi töğrisida ogohlantirdi. Öz navbatida, Yevropa Ittifoqining qator davlatlari agar hujjat imzolansa, Gurjistonni YeI a’zoligiga nomzod maqomidan mahrum qiliş va Tbilisi bilan vizasiz rejimdan voz keçişga çaqirdi.












