Dubaydan O‘zbekistondagi ijtimoiy ko‘makka muhtoj aholi uchun insonparvarlik yordami yuborildi
Umumiy qiymati 14 ming dollardan ortiq bo‘lgan insonparvarlik yordami 414 dona 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar kiyimlaridan iborat.
O‘zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulxonasi BAAdagi o‘zbek diasporasi faoli Gulnora Meliboyeva bilan birgalikda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga insonparvarlik yordamini jo‘natdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Umumiy qiymati 14 ming dollardan ortiq bo‘lgan ushbu insonparvarlik yordami tarkibi 414 dona 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar kiyimlaridan iborat.
Beg‘araz yordam yuklari Uzbekistan Airways aviakompaniyasi samolyotida respublikaga bepul yetkazib beriladi.
O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi davlat rahbarining «Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda ularni samarali nazorat qilish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Agentlik aholini ijtimoiy muhofaza qilish va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi.
Mavzuga oid
15:44 / 06.12.2024
BAAda yana 9 o‘zbekistonlik ushlandi. Ular bilan 11 kundan buyon hech kim ko‘risha olmayapti
22:30 / 05.12.2024
Dubayda «nindzya» emojisini yuborgan irlandiyalik erkak bir necha yilga qamalishi mumkin
22:46 / 28.11.2024
Dubayda suzib yuruvchi politsiya uchastkasi ish boshlaydi
01:49 / 26.11.2024