“O‘zbekiston oziq-ovqat xavfsizligi masalasiga jiddiy qaramoqda” - Oziq-ovqat xavfsizligi Islom tashkiloti bosh kotibi
Markaziy Osiyodan o‘tgan transport koridorlari, jumladan Arab davlatlariga osonroq chiqish bo‘yicha ishlayapmiz. Samarqandda o‘tayotgan Xalqaro oziq-ovqat xavfsizligi konferensiyasi bizga bu maqsadlarimizga erishish uchun yaxshi imkoniyat bo‘ldi, deydi Oziq-ovqat xavfsizligi Islom tashkiloti bosh kotibi Yerlan Baydaulet.
Camarqandda ilk bor Xalqaro oziq-ovqat xavfsizligi konferensiyasi o‘tkazilmoqda. Tadbirda dunyoning 32 ta davlatidan 620 nafardan ziyod xorijiy mehmon hamda 30 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotdan vakillar qatnashmoqda. Samarqandda bo‘lib turgan Kun.uz muxbiri Oziq-ovqat xavfsizligi Islom tashkiloti bosh kotibi Yerlan Baydaulet bilan suhbatlashdi.
Avvalo, ushbu tadbirga taklif etishgani va iliq kutib olishgani uchun O‘zbekiston hukumatiga minnatdorchilik bildiraman. Ushbu tadbirning ahamiyati juda katta. Bizning tashkilotimiz ham shu sohada ish olib boradi. Tashkilotimiz idorasi Olmaota shahrida joylashgan. Tashkilotimiz Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lgan 57 davlatni qamrab oladi.
O‘zbekiston ham qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish va ularni qayta ishlash, oziq-ovqat sanoati yaxshi rivojlangan. Shu sababli O‘zbekiston oziq-ovqat xavfsizligi masalasiga jiddiy qaramoqda.
Bizning tashkilotimiz ham oziq-ovqat xavfsizligi masalasida aktiv ishlamoqda. Bu yerda Qozog‘istondan ham ko‘plab vakillar, hukumat a’zolari ishtirok etishyapti.
Endi tadbirga keladigan bo‘lsak, bu juda keng miqyosda o‘tkazilyapti. Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha bunday katta tadbir MDH respublikalarida o‘tkazilmagan.
Bir paytlar biz ham shunday tadbirni o‘tkazishni xohlaganmiz, lekin yetarlicha qo‘llov bo‘lmagani uchun o‘tkaza olmaganmiz. Bunday tadbirlar har yili o‘tkazilishi kerak.
Tashkilotimiz ham shu yo‘nalishda ishlamoqda. Masalan, biz Markaziy Osiyodan o‘tgan transport koridorlari, jumladan Arab davlatlariga osonroq chiqish bo‘yicha ishlayapmiz. Bu tadbirda hamkor davlatlar vakillari bilan yangi yo‘nalishlar bo‘yicha fikr almashyapmiz.
Sir emas, sobiq ittifoq davridan buyon Markaziy Osiyo respublikalari asosan xomashyo yetishtirgan va asosan markazga (Rossiyaga) yuborilgan. Bu ish hozir ham davom etib kelyapti.
Endi har bir respublika, shu jumladan O‘zbekiston ham o‘ziga yangi bozor topish uchun harakat qilyapti. Mahsulotlarni dunyoning barcha hududlariga yetkazib berish yo‘llarini qidiryapti. Ana shunday sharoitda bunday tadbirlarning ahamiyati juda katta.
Men shaxsan O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovga ham kelajakda bunday tadbirlarni davomli o‘tkazish kerakligini aytdim. Agar shunday bo‘lsa bizning tashkilot buni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi.
Bugun biz Afrika davlatlari bilan ham o‘zaro hamkorlikni boshlaganmiz. Umid qilamanki, yaqin orada O‘zbekiston ham bizning tashkilotga a’zo bo‘ladi.
O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi aholisi eng ko‘p davlat hisoblanadi. Bu yerda QQS bilan ishlash tajribasi bor. Shuningdek, bu yerda turli soliq imtiyozlari bor. Shu tomondan O‘zbekiston ancha muvaffaqiyatli ishlayapti.
Isomiddin Po‘latov suhbatlashdi.
Mavzuga oid
18:40 / 25.07.2024
2023 yilda dunyoda har o‘n birinchi kishi och qoldi - BMT
18:17 / 07.03.2024
Eksportbop va serdaromad ekinlar uchun o‘quv-tajriba maydonlari tashkil etiladi
18:41 / 16.02.2024
Oziq-ovqat mahsulotini eksport qiluvchilarga moliyaviy resurslar ajratiladi
20:39 / 02.02.2024