Prezident “Soğliqni saqlaş vazirligi faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonni imzoladi.
Aholining soğlom turmuş tarzini qöllab-quvvatlaş va jismoniy faolligini oşiriş markazi Salomatlik va strategik rivojlaniş instituti etib qayta taşkil qilinadi.
Quyidagilar institutning asosiy vazifalari etib belgilandi:
soğlom turmuş tarzini şakllantiriş, yuqumli bölmagan kasalliklarga qarşi kuraşiş hamda oldini oliş böyiça dasturlarni işlab çiqiş va amalga oşiriş;
soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, zararli odatlarga qarşi kuraşiş, aholining barqaror tibbiy madaniyatini şakllantiriş böyiça kompleks çora-tadbirlar işlab çiqiş va amalga oşiriş;
ilğor va maqbul xorijiy tajriba asosida soğliqni saqlaş tizimi faoliyatining ustuvor yönalişlari, örta muddatli va uzoq muddatli rivojlaniş ssenariylari va strategiyalari böyiça ilmiy asoslangan takliflar işlab çiqiş;
tibbiy statistikani şakllantiriş va yuritiş, statistik körsatkiçlarni şakllantirişda xalqaro standartlar va metodikalarni joriy etiş böyiça takliflar işlab çiqiş, tibbiyot sohasidagi statistik ma’lumotlarni yiğiş, qayta işlaş, umumlaştiriş, tahlil qiliş, tarqatiş va saqlaş borasidagi işlarni takomillaştiriş.
2024 yil 1 yanvardan institut va uning hududiy bölinmalari xodimlari mehnatga haq tölaş, moddiy rağbatlantiriş va ijtimoiy himoya qiliş şartlariga köra, tegişli ravişda, Soğliqni saqlaş vazirligi va uning hududiy boşqaruv organlari xodimlariga tenglaştiriladi.
Soğliqni saqlaş vazirligi institut bilan birgalikda ikki oy muddatda 2024-2026 yillarda soğlom turmuş tarzini şakllantiriş, töğri ovqatlanişni tizimli tarğib qiliş va ommalaştiriş dasturini işlab çiqadi va unda, jumladan, quyidagilar nazarda tutiladi:
soğlom turmuş tarzini şakllantirişga qaratilgan yiliga 25 tagaça promo-roliklar, dastur va telekörsatuvlar tayyorlaş;
uyali telefon foydalanuvçilariga kasalliklar profilaktikasi va soğlom turmuş tarzi asoslari böyiça har kuni qisqa xabarlar (SMS) yuboriş;
jurnalistlar va boşqa matbuot vakillari örtasida har yili “Soğlom turmuş tarzi böyiça yilning eng yaxşi tarğibotçisi” tanlovini ötkaziş;

















