Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
20 sentabrdan bog‘cha va maktablarda yod preparatini bepul tarqatish boshlanadi
Preparatlar har chorshanba kuni tarqatilishi aytilmoqda.
20 sentabrdan boshlab, har chorshanba kuni barcha maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yod preparatlarini bepul tarqatish boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
3-15 yoshdagi bolalarni yod preparati bilan bepul ta’minlash «Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarorida belgilangan.
Qayd qilinishicha, yod rivojlanayotgan organizm uchun eng muhim moddalardan biri hisoblanadi. Uning tanqisligi bo‘qoqning rivojlanishi, qalqonsimon bez disfunksiyasi, bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishini sekinlashishi, kretinizm kabi oqibatlarga olib kelishi mumkin.
«Bolalarda yod tanqisligining eng og‘ir oqibati ularning aqliy va jismoniy rivojlanishidagi kechikishdir», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
22:19 / 25.02.2026
Norvegiya maktablarida mobil telefonlarni taqiqlash ijobiy natija berdi
13:20 / 23.02.2026
Maktab va bog‘chalarda baxtsiz hodisalar oshdi: 2025 yilda 20 ta holat
18:37 / 25.12.2025
Ko‘p funksional inklyuziv-resurs maktabi tashkil etiladi
19:55 / 07.11.2025