Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktab va bog‘chalarda baxtsiz hodisalar oshdi: 2025 yilda 20 ta holat
Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida mehnat xavfsizligi talablariga rioya etilmasligi oqibatida ish joyidagi baxtsiz hodisalar soni oshdi. 2025 yilda 20 ta holat qayd etilgan bo‘lib, 17 nafar xodim og‘ir jarohat olgan, 2 nafar xodim vafot etgan. Davlat mehnat inspeksiyasi bu holatlar tizimli muammolar mavjudligini ko‘rsatishini ta’kidladi.
Surxondaryoda tarbiyachi tarbiyalanuvchini kaltaklagani aks etgan videodan kadr
So‘nggi yillarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida mehnat xavfsizligi talablariga rioya etilmasligi oqibatlari og‘irlashib bormoqda. Mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar sonining keskin oshishi sohada tizimli muammolar mavjudligini ko‘rsatmoqda.
Tahlil natijalariga ko‘ra, 2024 yilda vazirlik tizimida 12 ta baxtsiz hodisa qayd etilgan. 2025 yilda esa bu ko‘rsatkich 20 taga yetgan — ya’ni 8 taga o‘sish kuzatilgan. Oqibatda 17 nafar xodim og‘ir tan jarohati olgan, 2 nafar xodim vafot etgan.
Mazkur holatlar tasodifiy emasligi, aksincha, tizimda mehnatni muhofaza qilish talablariga muntazam rioya etilmayotgani, nazoratning sustligi hamda rahbarlar tomonidan qonun talablariga yetarlicha e’tibor berilmayotgani bilan bog‘liq ekani ta’kidlanmoqda.
Baxtsiz hodisalarning asosiy sabablari sifatida quyidagilar ko‘rsatilgan:
- bog‘cha va maktablarda mehnatni muhofaza qilish qoidalariga amal qilinmasligi;
- mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha malakali mutaxassislar bilan ta’minlanmagani yoki ushbu vazifaning tayyorgarligi bo‘lmagan xodimlarga yuklatilgani;
- xodimlarni belgilangan tartibda o‘qitish va yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazish ishlari yetarli darajada tashkil etilmagani;
- ish joylarida xavf-xatarlarni baholash va profilaktika choralarining mavjud emasligi;
- rahbarlarning shaxsiy javobgarlikni yetarli darajada his qilmasligi.
Hukumatning 819-son qarori talablariga muvofiq, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda tizim tashkilotlari mehnatni muhofaza qilish ishlarini zudlik bilan qayta ko‘rib chiqishi, barcha tashkilotlarda mas’ul va malakali mutaxassislarni tayinlashi, xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq va nazorat tizimini qat’iy yo‘lga qo‘yishi hamda rahbarlarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirishi shartligi bildirilgan.
Shu bilan birga, qonun talablariga rioya etmaslik, mehnat xavfsizligiga bee’tiborlik qilish hamda buning oqibatida xodimlarning og‘ir jarohat olishi yoki vafot etishi ma’muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi eslatilgan.
Mavzuga oid
12:15
Farg‘onada 62 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi shifoxonaga yotqizilgan
10:12
Farg‘ona shahridagi davlat bog‘chalarida bolalarning ommaviy zaharlanishi yuz berdi
11:26 / 09.02.2026
Toshkentda bog‘chalardagi “karantin” haqidagi xabarlar rad etildi
08:35 / 09.02.2026