AQShda hukumatning Google’ga qarshi da’vosi yuzasidan sud boshlandi
AQSh Adliya vazirligi Google’ni qidiruv bozorini monopollashtirishda va adolatli raqobat qoidalarini buzganlikda aybladi.
AQShda 12 sentabr, seshanba kuni internet qidiruv tizimlari bozorini monopollashtirish va adolatli raqobat qoidalarini buzganlikda ayblanayotgan Google kompaniyasiga qarshi hukumat da’vosi bo‘yicha sud jarayoni boshlandi, deb xabar bermoqda AFP.
«Bu ish internet kelajagi haqida - Google qachondir internet-qidiruvda jiddiy raqobatga duch keladimi yoki yo‘qmi, aynan shu bo‘yicha», dedi AQSh hukumati yuristi Kennet Dinser sudning birinchi eshituvida.
AQSh Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Google nohaqlik bilan qidiruv bozorida ustun mavqega erishgan. Kompaniya Google qidiruv tizimi ustun turishi uchun Apple va Samsung kabi mobil telefon ishlab chiqaruvchilarga yiliga 10 milliard dollargacha to‘laydi.
Ushbu joyni boshqarish tufayli Google shuningdek, kontekstli reklama va foydalanuvchi manfaatlari bo‘yicha anonim ma’lumotlar bilan savdo qilish sohasida monopolistga aylanadi. Dinser ushbu sxemani Google hukmronligi tobora kuchayib borayotgan «shafqatsiz doira» deb atadi.
Google ayblovlarni rad etdi
Internet qidiruv tizimlari bozorining qariyb 90 foiziga ega bo‘lgan Google ayblovlarni rad etdi va qidiruv tizimining muvaffaqiyati uning raqobatchilaridan yaxshiroq ekanligi bilan izohlanishini bildirdi. «Google o‘nlab yillar davomida o‘zining qidiruv tizimini innovatsiya qilib, takomillashtirib kelmoqda», dedi sudda Google yuristi Jon Shmidtleyn.
Kompaniya, shuningdek, Google mahsuloti bepul ekanligini va qidiruv tizimidan foydalanish majburiy emasligini ta’kidladi, uni qurilmadan olib tashlash va boshqasini o‘rnatish mumkin.
Microsoft jarayonidan keyin IT sohasidagi eng katta sud
Shu paytgacha IT-sohasidagi eng yirik monopoliyaga qarshi ish AQSh rasmiylari 1998 yilda surishtiruv boshlagan Microsoft ishi bo‘lgan. O‘shanda kompaniya operatsion tizimlar bozorini monopollashtirishda ayblandi. Huquqiy nizolar 2001 yilda Adliya vazirligi va Microsoft o‘rtasidagi kelishuv bilan yakunlandi.
Joriy jarayon kamida 10 hafta davom etishi kutilmoqda. Agar sudya Google raqobat to‘g‘risidagi qonunni buzganiga rozi bo‘lsa, u bir qator, jumladan, qidiruv tizimining biznesini bo‘lish choralarini ko‘rishi mumkin, deb yozadi AFP.
Tavsiya etamiz
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT bosh kotibi 2025 yildagi asosiy tahdidlarni sanadi
Jahon | 21:11 / 22.01.2025
-
Mashhur oshxona brendlarini shantaj qilib, pul undirishda gumonlanayotgan 3 kishi qo‘lga olindi
Jamiyat | 11:42
-
Toshkentda advokat va yurist qo‘lga olindi
Jamiyat | 11:37
-
“Chorsu”da 4 ming, “Farhod”da 10 ming – kartoshka narxlari qanday tebranyapti?
Iqtisodiyot | 11:21
Mavzuga oid
23:19 / 22.01.2025
AQSh janubida qor bo‘ronlari sabab birinchi marta favqulodda holat e’lon qilindi
21:40 / 22.01.2025
Tramp Putinni Ukrainadagi urushni to‘xtatishga chaqirdi
18:05 / 22.01.2025
Tramp prezidentlikka kirishgan kuniyoq bir necha sudga berildi
17:59 / 22.01.2025