Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Markaziy Osiyo yetakchilari sammitida rasmiy, ishbilarmonlik va madaniy tadbirlarda ishtirok etdi
Dushanbe shahridagi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi doirasida rasmiy tadbirlar, konsert hamda mintaqa mamlakatlarida ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi o‘tkazildi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov hamda faxriy mehmon – Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining faxriy nishoni bilan taqdirlash marosimida ishtirok etdi.
Faxriy nishon 2021 yilda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchinchi Maslahat uchrashuvida ta’sis etilgan bo‘lib, u bilan mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga alohida hissa qo‘shgan shaxslar mukofotlanadi.
So‘ng yetakchilar «Ko‘hi Borbad» saroyida san’at ustalari ishtirokidagi «Do‘stlik oqshomi» konsert dasturini birgalikda tomosha qildilar.
Folklor-etnografik jamoalar va estrada artistlarining chiqishlari, milliy qo‘shiq va raqslar xalqlarimiz qardoshligi va madaniy mushtarakligining yorqin ifodasi bo‘ldi.
Tadbirlar dasturi «EKSPO Markaziy Osiyo 2023» ko‘rgazmasiga tashrif bilan davom etdi. U yerda prezidentlarga mintaqada ishlab chiqarilayotgan asosiy turdagi mahsulotlar namoyish etildi. Ekspozitsiyaning umumiy maydoni 1800 kvadrat metrdan ortiq.
Tanishuv yakunida davlat rahbarlari mutasaddilarga o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish yuzasidan aniq topshiriqlar berdilar.
Mavzuga oid
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
18:54 / 08.09.2025
«Yangi avlod» maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘i tashkil etiladi
13:16 / 06.09.2025
Fuqarolardan 30 turdagi hujjatlarni talab etish bekor qilinadi
22:12 / 05.09.2025