Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
GE HealthCare O‘zbekistonda milliy tibbiy ma’lumotlar arxivini yaratishda ishtirok etadi
GE HealthCare kompaniyasi prezidenti Rob Uolton sog‘liqni saqlash sohasida kardiograflar ishlab chiqarish, skrining va kardio axborot tizimi yo‘lga qo‘yilishini ta’kidladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev GE HealthCare kompaniyasining Yevropa, Yaqin Sharq va Afrikadagi prezidenti va bosh ijrochi direktori Rob Uolton bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda korporatsiyaning mamlakatda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish borasidagi rejalari muhokama qilindi.
Dunyoning industrial giganti bo‘lgan General Electric korporatsiyasi strategik sheriklik doirasida O‘zbekiston korxonalari bilan investitsiyaviy va texnologik hamkorlikni kengaytirish, jumladan, zamonaviy yuqori texnologik uskunalarni yetkazib berish va ularni mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish niyatida.
GE HealthCare kompaniyasi prezidenti Rob Uolton sog‘liqni saqlash sohasida kardiograflar ishlab chiqarish, skrining va kardio axborot tizimi yo‘lga qo‘yilishini ta’kidladi. Bundan tashqari, investor O‘zbekistonda Milliy tibbiy ma’lumotlar arxivini yaratishda ishtirok etishni rejalashtirmoqda.
Uchrashuv yakunida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ni qabul qilishga kelishib olindi.
1994 yilda General Electric tarkibida tashkil etilgan GE HealthCare bosh qarorgohi Chikagoda joylashgan tibbiy texnologiyalar sohasidagi transmilliy kompaniya. Korporatsiya aktivlari qariyb 28 milliard dollarni tashkil etadi.
Mavzuga oid
18:54 / 08.09.2025
«Yangi avlod» maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘i tashkil etiladi
13:16 / 06.09.2025
Fuqarolardan 30 turdagi hujjatlarni talab etish bekor qilinadi
22:12 / 05.09.2025
Qonunchilikni sodda tilda sharhlovchi Adliya TV internet sahifasi ishga tushiriladi
19:34 / 05.09.2025