Jahon | 08:31 / 19.09.2023
6153
2 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy BMT Bosh assambleyasi sessiyasida ishtirok etish uchun AQShga yetib bordi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqi oldidan AQShga yetib bordi. 

Foto: Telegram / V_Zelenskiy_official

«Men aeroportdan to‘g‘ri Amerikada davolanayotgan va reabilitatsiya qilinayotgan askarlarimiz oldiga ketyapman», — deb yozdi Ukraina davlat rahbari o‘zining Telegram-kanalida. 

Bundan tashqari, Zelenskiy AQSh prezidenti Jo Bayden, Kongressning har ikki palatasi rahbarlari va harbiy rahbariyat bilan muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Ukraina rahbari BMT Nizomiga «to‘liq kuchni qaytarish» zarurligiga ishora qilib, ushbu hujjatning asosiy tamoyili davlatning hududiy yaxlitligi ekanligini ta’kidladi. 

Jahon tashkilotining «tajovuzlarni to‘xtatish va ularning oldini olish imkoniyatlarini oshirish zarur», deb ta’kidladi Zelenskiy. Ukraina «bu masala bo‘yicha BMT a’zolariga aniq taklif bilan chiqadi», deya qo‘shimcha qildi u. 

Zelenskiy Nyu-Yorkda reabilitatsiya qilinayotgan ukrainalik askarlarni borib ko‘rdi.

«Yigitlarimizga jarohatlardan qutulishda yordam berayotgan shifokorlar jamoasiga minnatdorchilik bildiraman. Davlat mukofotlarini topshirdim va ukrainaliklarning matonati, umumiy g‘alabamiz haqida g‘oyat muhim so‘zlarni eshitdim», — dedi Ukraina rahbari.

Mavzuga oid