09:00 / 20.09.2023
3378
Reklama

Samsung bilan 20 yil davomidagi ishonchli xizmat: Digital Inverter™ motor va kompressori uchun kafolat

Foto: Samsung

Samsung o‘z kir yuvish mashinalari va sovitkichlaridagi motor va kompressorlar uchun 20 yillik kafolatni taqdim etmoqda.

20 yillik kafolat: bu nima degani?

Samsung kompaniyasi ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etgan holda o‘z mahsulotlarining sifatini oshirish ustida muntazam ishlamoqda. Maishiy texnikaning kundalik hayotimizdagi muhim o‘rni hamda undan doimiy tartibdagi foydalanish odatlarini inobatga olgan holda Samsung kompaniyasi kompressor hamda motor uchun kafolat muddatini 20 yilga uzaytirmoqda.

Bunday natijalarga 25 yildan ziyod davr mobaynida texnikaning shovqinsiz ishlashini ta’minlash, samaradorlikni oshirish va energiya sarfini 50% ga kamaytirishga qaratilgan Raqamli Invertor Texnologiyasi (Digital Inverter Technology) sohasidagi tadqiqotlar va izlanishlar yordamida erishilmoqda.

Digital Inverter™ – ishonchli mustahkamlikka sarmoyangiz

Sovitkich yoki kir yuvish mashinasini xarid qilish uchun odatda daromadingizning sezilarli qismini xarajat qilishingiz kerak bo‘ladi. Shu sababli texnikaning mustahkamligi va uzoq muddatli chidamliligi tanlovda muhim ahamiyat kasb etishi aniq. Samsung foydalanuvchilarining xohish-istaklariga e’tibor bilan qaraganligi sabab Digital Inverter™ motor/kompressori uchun 20 yillik kafolatdan foydalanish ko‘rinishidagi ishonchli mustahkamlikka sarmoya imkoniyati ro‘yobga chiqmoqda.

Amalda esa takomillashtirilgan motor hamda kompressorlar yanada samarali texnik xususiyatlarga ega bo‘lib, sovitkich va kir yuvish mashinalari bundan-da uzoqroq muddat xizmat qiladi hamda sizning vaqt va daromadlaringizni tejashga ko‘maklashadi.

Digital Inverter™ kompressor va motoriga taqdim etilayotgan 20 yillik kafolat bilan siz uzoq yillar davomida texnikaning muammosiz ishlashidan rohat olasiz. Agarda, kompressor yoki motor ishida kamchilik yuzaga kelsa Samsung bepul servis xizmatini taqdim etish yoki muammoli komponentlarni almashtirish orqali siz uchun yuqori darajadagi foydalanish tajribasini ta’minlaydi.

Raqamli Invertor Texnologiyasiga kafolat taqdim etish orqali Samsung o‘z foydalanuvchilari haqida uzoq yillar davomida qayg‘uradi, o‘z texnikasining mustahkamligiga ishonch bildiradi hamda elektron chiqindilarni (e-waste) kamaytirish evaziga atrof-muhitga ta’sirini kamaytiradi.

Batafsil ma’lumotga www.samsung.com/uz_uz/ saytida hamda Telegram va Instagram ijtimoiy tarmoqlaridagi Samsung rasmiy sahifalarida ega bo‘lishingiz mumkin.

*20 yillik kafolat faqatgina O‘zbekistonda 2023-yil yanvar oyidan boshlab sotuvga chiqarilgan sovitkich va kir yuvish mashinalaridagi raqamli invertorli motor va kompressorlarga amal qiladi. Raqamli Invertor Texnologiyasiga (motor/kompressor) 20 yillik kafolat faqatgina Samsung va subpudratchi ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan kir yuvish mashinalari va sovitkichlari uchun amalda. 20 yillik kafolat hech qanday autsorsing mahsulotlari uchun amal qilmaydi.

Reklama

Mavzuga oid
Top