Jahon | 22:16 / 22.09.2023
9871
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning 2024 yilgi budjetida harbiy xarajatlar deyarli ikki baravar oshiriladi - OAV 

2024 yil uchun harbiy xarajatlar 10,8 trillion rubl miqdorida belgilangan bo‘lsa, 2023 yilda bu ko‘rsatkich 6,4 trillion rublni tashkil qildi. 

Foto: Vyacheslav Oseledko/AFP

Rossiya 2024 yilda yalpi ichki mahsulotning qariyb 6 foizini urushga sarflamoqchi, deb xabar berdi Bloomberg Rossiya davlat budjeti tahliliga asoslanib. 

Bu harbiy xarajatlari YaIM 3,6 foizini tashkil qilgan 2023 yilga nisbatan deyarli ikki barobar ko‘pdir. Ukrainaga hujumdan oldin Rossiya budjetining harbiy xarajatlari YaIM 2,7 foizini tashkil etgan. 2024 yil uchun harbiy xarajatlar 10,8 trillion rubl miqdorida belgilangan bo‘lsa, 2023 yilda bu ko‘rsatkich 6,4 trillion rublni tashkil qildi. 

Bundan tashqari, budjetda maxfiylashtirilgan xarajatlar satri mavjud. Kelgusi yilda ular uchun 11,1 trillion rubl ajratish rejalashtirilgan bo‘lsa, 2023 yilda bu ko‘rsatkich 6,5 trillion rublni tashkil etgan edi. 

Rossiyada prezidentlik saylovi o‘tkaziladigan yilda ijtimoiy ehtiyojlar uchun davlat xarajatlari ham ortadi: 6,5 trillion rubldan 7,5 trilliongacha. Umuman olganda, 2024 yil uchun budjet 35 trillion rublni o‘z ichiga oladi, bu 2023 yilga nisbatan 22 foizga ko‘pdir. Shu bilan birga, u defitsitda qoladi - xarajatlar daromaddan kamida 0,9 foizga oshadi. 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid