Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025 yildagi budjet ijrosi böyiça ma’lumot berdi.
Ötgan yilda konsolidatsiyalaşgan budjet daromadlari 502,6 trln sömni, xarajatlari esa 541,7 trln sömni taşkil etgan. Taqçillik – 39,1 trln söm yoki YaIMning 2,1 foizi. Taqqoslaş uçun, 2024 yilda konsolidatsiyalaşgan budjet taqçilligi 47,8 trln söm yoki YaIMning 3,3 foizini taşkil etgandi.

Hisobot davrida davlat budjeti daromadlari 359,8 trln sömni taşkil etib, oldingi yilga nisbatan 31,1 foizga ösgan. Daromadlar quyidagi manbalar hisobidan şakllangan:
- bevosita soliqlar – 117,8 trln söm (+29,8 foiz);
- bilvosita soliqlar – 109,6 trln söm (+24,1 foiz);
- resurs va mol-mulk soliği – 44,9 trln söm (+23,6 foiz);
- boşqa daromadlar – 87,5 trln söm.

2025 yilda davlat budjeti xarajatlari 383,9 trln söm bölgan va 2024 yilga nisbatan 23,5 foizga oşgan. Budjet xarajatlarining iqtisodiy tasnif böyiça ijrosi quyidagiça bölgan:
- iş haqi – 149,6 trln söm (+14,9 foiz);
- ijtimoiy soliqlar – 29,8 trln söm (+16,9 foiz);
- kapital qöyilmalar – 15,6 trln söm (+7,5 foiz);
- boşqa xarajatlar – 188,9 trln söm (+34,3 foiz).

Mahalliy budjetlarning moliyaviy holati
Ötgan yilda mahalliy budjet daromadlari va xarajatlari örtasidagi salbiy farq 37,9 trln sömni taşkil etgan.
Hududlar kesimida eng katta defitsit Farğona viloyatida qayd etilgan. Viloyatda mahalliy budjet daromadlari 6,38 trln söm, xarajatlari esa 10,77 trln söm, defitsit 4,39 trln söm bölgan. Keyingi eng yomon körsatkiçlar Andijon (taqçillik – 3,56 trln söm) va Samarqand (taqçillik – 3,41 trln söm) viloyatlarida kuzatilgan.











